Бош саҳифа

YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI

  YANGI  O'QUV YILI BOSHLANDI

 Butun mamlakatimizda bo'lganidek, viloyatimizdagi 685 ta umumta'lim maktablarida ham yangi o'quv yili  boshlandi. Joriy o'quv yilida viloyatimizdagi umumta'lim maktablarida 397614 nafar o'g'il-qizlar ta'lim oladilar. 53344 nafar bolalar 1-sinfga qadam qo'ydilar. Yangi o'quv yilining birinchi soatida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari" o'tildi. Namangan shahridagi 50-umumta'lim maktabi mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida investisiya dasturi asosida 1 milliard 512 million so'm mablag' evaziga to'liq kapital rekonstruksiyadan chiqarilib, butunlay zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Batafsil...

G`amxo`rlik YOSH AVLODGA ISTIQLOL TUHFASI

Istiqlol istiqbolimiz egalari uchun beqiyos imkoniyatlar yaratdiki, buning ifodasi o`g`il-qizlarimizga ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklarda yaqqol namoyon.

Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug` 25 yillik tantanalari arafasida viloyat hokimligining tashabbusi bilan "Istiqlol dizayn markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 47 nafar o`quvchi-yoshlarga kiyim-kechaklardan iborat sovg`alar taqdim etildi.
Viloyat xalq ta'limi boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda ko`rsatilgan e'tibordan behad mamnun bo`lgan o`g`il-qizlarimiz ozod yurtimiz ertasiga munosib kamol topishga astoydil intilishlarini bildirdilar.

                                                                                                               Xalq ta’limi boshqarmasi
                                                                                                                               Axborot xizmati

ENG OBOD MASKANLAR

Mustaqilligimizning 25 yillik tantanalari hamda Sog`lom ona va bola yili viloyatimizdagi ta'lim muassasalari uchun ham yutuq va muvaffaqiyatlarga boy keldi. Har yili an'anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan ko`rik-tanlovlar hamda ularning natijasi fikrimiz dalili bo`la oladi.
Namangan tumanidagi 37-umumta'lim maktabi Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan an'anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Yilning eng obod ta'lim muassasasi" ko`rik-tanlovining respublika bosqichida  g`oliblikni qo`lga kiritdi.
2015-yilda investitsiya dasturiga muvofiq to`liq qayta ta'mirdan chiqarilib, butunlay zamonaviy va ko`rkam qiyofa kasb etgan maktabdagi shart-sharoitlar taraqqiyot asri talablariga muvofiq. Muhtasham va barcha qulayliklarga ega tadbirlar zali, ma'naviyat xonasi, sport zali, oshxona, sport maydonchalari va ulardagi jihozlar, o`quv, laboratoriya vositalari mamlakatimizdagi kelajak avlod kamoliga bo`lgan e'tiborning yorqin namunasidir.

Batafsil...

BO`LAJAK CHEMPIONLAR

BO`LAJAK CHEMPIONLAR UCHUN

Istiqlol yoshlari ko`zlayotgan marralar katta avlod vakillarini ham hayratga solmoqda. Aslida barcha orzu-istaklar asosli. Zero, salohiyatni yuksaltirish va yuzaga chiqarish, rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar muhayyo. Buni biz bir jumla bilan "bolalar sporti" deya atashga  o`rgandik.  Mazkur tushuncha yurtdoshlarimiz tasavvurida biri biridan muhtasham, ko`rkam va qulay sport inshootlari-yu, ularni to`ldirib barkamollik sari talpinayotgan o`g`il-qizlar, medallar ko`ksini bezagan jajji chempionlar bilan barobar gavdalanadi. "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Namangan viloyati mintaqaviy bo`limi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi viloyat filiali tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalar, "Umid nihollari" sport o`yinlariga munosib tayyorgarlik ko`rish uchun yaratilgan shart-sharoitlar shug`ullanuvchilar safi yildan yilga kengayib borishini ta'minlamoqda. Namangan shahridagi 2-bolalar va o`smirlar sport maktabining tamomila yangi binosini tomosha qilishga borgan bir guruh bolalar murabbiylari bilan birgalikda istiqlol ayyomiga bo`lajak chempionlar uchun katta sovg`a hozir-lanayotganiga guvoh bo`ldilar. Ushbu maskan yuzlab o`quvchilarni yangi o`quv yili boshidan o`z bag`riga oladi.

Batafsil...

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika