Бош саҳифаOlimpiada 2014-2015

Olimpiada 2014-2015

Umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarining umumta'lim fanlari olimpiadasining III bosqichi yakunlari to'g'risida

MA'LUMOT


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O'zbekiston iqtidorli yoshlarini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi 226-qarori talablari asosida O'MKHT Markazi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2011 yil 22 noyabrdagi 24-QB, 270 va 39-sonli qo'shma buyrug'i hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil
10martdagi “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o'quvchilarining umumta'lim fanlari bo'yicha Respublika olimpiadasining III (viloyat) bosqichini o'tkazish to'g'risida”gi 12/QB, 78-sonli qo'shma buyruqlariga muvofiq 2015 yil 23-24 mart kunlari o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining umumta'lim fanlari bo'yicha Respublika olimpiadalarining III (viloyat) bosqichi Namangan viloyatida bo'lib o'tdi.


Uchinchi bosqich viloyat fan olimpiadasini tashkil etish va o'tkazish tartibi, baholash mezonlari, topshiriqlar, test materiallari tashkiliy qo'mita tomonidan tayyorlanib, Respublika ta'lim markazi mutaxassisi tomonidan Namangan viloyatiga yetkazildi.

2015 yil 23 mart kuni olimpiadani o'tkazishga mas'ul Respublika ta'lim markazi mutaxassisi tomonidan olimpiada ishtirokchilari: o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar uguruhi uchun yig'ilishlar o'tkazilib, olimpiada Nizomi, o'tkazish tartibi va baholash mezonlari bilan tanishtirildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qaydnomalar tuzildi.Xalq ta'limi muassasalari boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tuzilgan, tashkiliy qo'mita tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay'ati, auditoriya rahbarlari, nazoratchilar uchun ham o'quvlar o'tkazildi. Hakamlar hay'ati tarkibini shakllantirishda hududlardagi oliy o'quv yurtlarining, “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi g'oliblarining, ilmiy salohiyatga, ilg'or ish
ajribali, malakali mutaxassislarning kiritilishiga alohida e'tibor qaratilgan.

Viloyatda olimpiadani o'tkazish uchun yetarli xonalar mavjud, talab darajasidagi ta'lim muassasasi tanlangan. Boshqaruv idoralarining buyruqlari, chora-tadbirlari tuzilgan. IIB va Sog'liqni saqlash boshqarmalariga xat bilan murojaat qilingan.

Tuman (shahar) lardan kelgan o'quvchilarni issiq ovqat bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rilgan.

Joylarda tuman (shahar)lardan olingan buyurtmalar asosida o'quvchilar ro'yxati shakllantirilgan. O'tkazish joyida o'quvchilar, barcha olimpiada ishtirokchilari ovqatlanishlari, dam olishlari uchun shart-sharoit yaratilgan. Fanlar kesimida olimpiadani o'tkazish bo'yicha kerakli hujjatlar alohida papkalarga joylangan, o'quvchilar soniga teng miqdorda yozma, amaliy va test topshiriqlarini bajarish uchun shtamp qo'yilgan qog'ozlar tayyorlangan.

Olimpiada jarayonlarining nazorat bilan o'tkazilishiga, xolislikni ta'minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlar ko'rildi. Appelyatsiya bergan o'quvchilarning ishlari tashkiliy qo'mita tomonidan joyida hal etildi. E'tiroz bo'lgan o'rinlarda hakamlar hay'ati tomonidan qo'ylgan ballari o'quvchilarga izohlanib, tushuntirildi.

Fan olimpiadalari yuqori tashkiliy saviyada o'tkazildi. Olimpiada jarayonida zarur ko'paytirish moslamalari, qog'oz, daftar va boshqa zaruriy materiallar bilan ta'minlandi.
Viloyatda 9-sinf o'quvchilaridan 630 nafar o'quvchilar 19 ta fandan qatnashdilar. Viloyat 3-bosqichi fanlar olimpiadasida 9-sinf hajmida 19 ta fandan jami 69 nafar o'quvchi, 9-sinfda 2 ta fandan (tojik, qirg'iz tili) 4 nafar o'quvchilar 1-5 -o'rinlarni egalladilar.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika