Бош саҳифа

Qiz bolaning kasbi

Umumta'lim maktablarining 2015-2016 o'quv yilidagi 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitish bilan to'liq qamrab olishni ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, umumta'lim    maktablarining  7-, 8-, 9-sinf o'quvchi  qizlari o'rtasida  “Qiz bolaning kasbi-uning baxti”, “Ilm ol-hunar o'rgan, vatan kutar seni”, “Kasb-hunar qizlar iqboli”, “Hunarli qiz yurt kelajagi”, “Bilimli qiz sarishta, hunarli qiz farishta”  mavzularida davra suhbatlari o'tkazildi

Batafsil...

Quyosh hammaga birdek nur sochadi

“Sog'lom ona va bola yili”

2016 yil 2 aprel` kuni “Sog'lom ona va bola yili” munosabati bilan Namangan viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya, Namangan viloyati Prokuraturasi, Namangan shahar hokimligi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda “Bolalar dunyosi gazetasi” hamkorlikda viloyatimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan uy sharoitida ta'lim olayotgan voyaga yetmaganlarga davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim berish, malakali kadrlar bilan ta'minlash, sog'lomlashtirish va ijtimoiy himoyalash maqsadida, o'quvchilar salohiyatidan kelib chiqqan holda “Quyosh hammaga birdek nur sochadi” mavzusida viloyat tadbiri o'tkazildi

Batafsil...

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 iyundagi “2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 142-sonli qarori, viloyat hokimligining 2014 yil 9 iyundagi 178-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan xalq ta’limi boshqarmaning 2014 yil 10 iyundagi 102-sonli bo‘yrug‘i ishlab chiqildi. Boshqarmaning bo‘yrug‘i bilan birga 2014 yil 14 iyundagi 02/02-4-838-sonli xati ijro uchun reestr orqali barcha tuman(shahar) XTMFMT va TEBlariga yetkazildi.
9-sinfni jami 40822 (19318 nafari qiz)lar bitirdi. Viloyatdagi akademik litseylarga 3154 nafari, kasb-hunar kollejlariga 37071 nafari, viloyatdan tashqari hamda Toshkent shahridagi akademik litseylarga, kasb-hunar kollejlariga 477 nafari, diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaga qarashli ta’lim muassasalariga 13 nafari jami 40702 nafari ta’limni keyingi bosqichiga to‘liq tortildi. Bulardan  107 nafari ta’limni keyingi bosqichidan ozod etildilar.

Batafsil...

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika