• Slide1
  • Slide2
  • Slide3
  • Slide4
  • Slide5

Davlat ramzlari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston...

O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG'I

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG'I

    Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа...

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

  Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn,...

Ilmiy-amaliy seminar

Boshlang’ich ta'lim yo'nalishida ilmiy-amaliy seminar
 

     boshl 2  Chust tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli 23-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2017-yil 13-oktyabr kuni «Boshlang’ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha sinflar va fanlar kesimida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan interfaol metodlar klassifikatsiyasini yaratish» mavzusidagi   ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda barcha tumanlardan 86 nafar o'qituvchilar 1 nafardan ilg'or ijodkor maxoratli metodist maktab o'qituvchilari,  1 nafardan kam tajribali o'qituvchilar 1 soatlik ochiq darslarni taxlil qilib tajriba almashishdi.

Batafsil...

YOSH TALANTLAR FESTIVALI

DO'STLIGIMIZ - TINCHLIK ASOSI

 IMG 8496Davlatlar, xalqlar, millatlar o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik zamirida tinchlik, ezgulik va insoniyatning baxtu iqboli mujassam. Yurtlarni bir-biriga bog'lab, ellarni-ellarga, dillarni-dillarga tutashtiruvchi rishtalar, do'stlik, ahillik va hamjihatlik kabi yuksak tuyg'ularning kelajagimiz egalari qalbida, ongu-tasavvurida bolalik kezlaridanoq kurtak yozib borishi beqiyos ahamiyatga ega. Shu ma'noda namanganlik o'quvchi-yoshlar shu haftada o'ziga hos ajoyib va betakror tadbir ishtirokchisiga aylandilar.

Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan festival o'tkazildi. Festivalning dastlabki qismida aynan o'g'il-qizlar asosiy qahramon sifatida ishtirok etdilar. Namangan shahar "Barkamol avlod" bolalar markazida "O'zbekiston va Koreya do'stligi" mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Unda viloyatimiz maktablaridan tasviriy san'at borasida o'ziga xos iqtidorga ega bo'lgan yuz nafardan ziyod o'quvchilar ishtirok etib, o'z mahoratlarini namoyish qildilar.

Batafsil...

O'qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM

 

DSC 0369 1      Muallim hayot bog'ining bog'boni. U borki, umr yo'llarimiz charog'on. Zotan, u qalblarimizga ziyo ulashib, nurli manzillar sari yetaklovchidir. U qaysi bir soha bo'lmasin, yuksak cho'qqilar, muvaffaqiyat marralarini zabt etishda ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassamdir.

    1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni ozod va obod mamlakatimizning barcha joylarida bo'lganidek viloyatimizda ham sohaga bo'lgan yuksak e'tibor samarasi sifatida munosib nishonlandi.

Batafsil...

XUSHXABAR

ISPANIYANI ZABT ETGAN ISTE’DODLAR

 

DSC 0123Avval xabar berganimizdek, viloyatimizning eng iqtidorli o’g’il-qizlari 17 - 22-sentabr kunlari Ispaniyaning Loret De Mark shahrida bo’lib o’tadigan “Sea Sun” (“Quyoshli dengiz”) xalqaro musiqa tanlovida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritgan edilar. O’quvchilarimiz festivalning so’nggi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.    12 ta davlatdan 600 nafardan ziyod iqtidor egalari 6 ta yo’nalish bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etgan mazkur tanlovda Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Shirina Nabiyeva hamda 6-sinf o’quvchisi Gulshoda Halimjonovalar fortopeano yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni egallagan bo’lishsa, xuddi shu maktabning 5-sinf o’quvchisi Ahrormirzo Rahmonov skripka yo’nalishi bo’yicha ijro etgan kuylari bilan 2-o’ringa loyiq topildi.

Batafsil...

Davlat tashkilotlari saytlari

A'zo bo'lish

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika