• Slide1
  • Slide2
  • Slide3
  • Slide4
  • Slide5

Davlat ramzlari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston...

O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG'I

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG'I

    Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа...

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

21.07.2016
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

  Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn,...

Boshlang'ich ta'lim samaradorligi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o'quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining forumi tashkil etildi. Xalq ta'limi vazirligi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumda boshlang'ich ta'lim yo'nalishida,

jumladan, chet tillarni o'rganish tizimida olib borilayotgan ishlarni sifat va samaradorligini oshirish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, o'qituvchilarning ijodkorligi va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish kabi dolzarb mavzularda muhokamalar bo'lib o'tdi.

Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ilg'or boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari ishtirokida o'tkazilgan mazkur forum quyidagi to'rtta yo'nalishlarda ish olib bordi:

1-yo'nalish: Boshlang'ich ta'lim jarayoniga yangi avlod darslik majmualari va zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish: muammo va yechimlar,

2-yo'nalish: Boshlang'ich ta'limda chet tili va boshqa tillarni o'qitishning innovatsion texnologiyalari,

3-yo'nalish: Barkamol avlodni ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashda boshlang'ich ta'limning o'rni,

4-yo'nalish: Boshlang'ich ta'lim tizimi pedagog kadrlarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish hamda ta'limni modernizatsiya qilishda ularning pedagogik mahoratlarini shakllantirish masalalari.

Forumda chet tili o'qituvchilarining bu boradagi malakasini oshirish, nutq ko'nikmalarini rivojlantirish, maktabda, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda chet tillarni o'qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Ushbu masalalarning ilmiy-amaliy echimlariga bag'ishlangan ma'ruzalar tinglandi. Chet tillarni o'qitishni takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Forum doirasida ishtirokchilar poytaxtimizdagi ta'lim muassasalari, madaniy va ma'rifiy maskanlarga tashrif buyurishib, mustaqillik yillarida kundan-kun chiroy ochayotgan Toshkent shahrida so'nggi yillarda olib borilayotgan bunyodkorlik islohotlari bilan tanishdilar.

 

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

Davlat tashkilotlari saytlari

A'zo bo'lish

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika