Бош саҳифа

"Kamalakning yetti jilosi"

DSC 0159Har bir oila va ularning farzandlari davlatimiz e'tiborida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'limda global hamkorlik tashkiloti granti asosida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Maktabgacha va umumiy o'rta ta'limni rivojlantirish" loyihasi doirasida qishloq xududlarida yashaydigan 3-6 yoshdagi farzandlari maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olinmagan oilalarga bolalarga o'qib berish uchun bepul kitoblar tarqatish yo'lga qo'yildi.

     Viloyatimizda 17431 ta "Kamalakning yetti jilosi" to'plamida jamlangan 7 nomdagi kitoblar farzandlari maktabgacha ta'lim muassasasiga qamrab olinmagan oilalarga tarqatilmoqda. Kuni kecha Chust tumanidagi 35-maktabgacha ta'lim muassasida viloyat xalq ta'limining maktabgacha ta'lim bo'limi metodistlari, tuman xalq ta'limi faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish xodimlari, mahalla faollari ishtirokida farzandlari maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olinmagan 14 nafar oillarga kitoblarni tarqatish taqdimoti o'tkazildi.

-        Ikki nafar farzandim bor. Uy bekasi bo'lganligim sababli farzandlarim tarbiyasi bilan bandman,- deydi Mohida Inoyatova.- Qizim Malika Yo'ldosheva 4 yoshda. "Oilada mutolaa qilamiz", "Kitoblar olamiga ilk sayohatim", "Mening sevimli kitobim", "Kitoblar mening do'stlarim", "Salom, maktab!", "Olamni o'rganamiz", "Jahon xalqlari ertaklari" nomli kitoblari farzandimni

tarbiyalashda, maktabga tayyorlashda qo'llanma bo'la oladi. Endi men kitoblarda ertaklarni o'qib berishim, undagi rasmlarni tushuntirishim, she'rlarni yod o'rgatishim mumkin.

Kitoblar taqdimoti joylarda ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda.

 

                                                                                           Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                         Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika