Бош саҳифа

AMALIYOT VA HAMKORLIK

DSC 0017Barkamol avlod bolalar markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda o’zaro amaliy hamkorliklar qilish, fikr almashish maqsadida Mingbuloq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida “Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish : muammo va yechimlar” mavzuida respublika o’quv seminari tashkil etildi. Unda Farg’ona va Andijon viloyatlarining “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari hamda uslubchilari ishtirok etdilar. Seminarda so’z olgan “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi direktori o’rinbosari Lola To’xtayeva istiqboldagi vazifalar xususida alohida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, o’tkazilgan mashg’ulotlar davomida uslubchilarning bugungi kundagi kasbiy salohiyatlari sinovdan o’tkazildi. Markazda faoliyat ko’rsatayotgan raqs to’garagi a’zolarining chiqishlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

                                                                            

                                                                    Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                   Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika