Бош саҳифа

JAHON CHEMPIONATIGA TARADDUD

DSC 0087Bolalikdan chempionlik nashidasini surayotgan o'quvchilar safi Namanganda ham kengayib boryapti. E'tiborlisi, ular nafaqat mamlakat chempionatlari va kuboklarida, balki qit'a va jahon birinchiliklarida o'z so'zini ayta oladigan har tomonlama barkamol ulg'aymoqdalar.

Yozgi ta'til vaqtida bo'sh vaqtini Namangan shaxmat-shashka klubida o'tkazayotgan o'quvchilar orasida Mavluda Maxmudova ham uchratish mumkin.

7 yoshli sportchi yaqinda poytaxtimizda bo'lib o'tgan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar va qizlar o'rtasidagi Osiyo chemppionatida shashka bo'yicha klassik va rapid yo'nalishida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mazkur g'alaba Mavludaga nafaqat musobaqaning oltin medallari, balki Bolgariyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini ham taqdim etdi.

 

5 yoshidan buyon shug'ullanib kelayotgan jajji sportchi ustozlari Qodirjon Karimov hamda Akmaljon Jo'rayev qo'l ostida nufuzli bellashuvga taraddud ko'rish bilan band. Qolaversa, uni oila davrsida ham qo'llab-quvvatlashadi.

Osiyo chempioniga qarshi dona surish nafaqat klubga kelayotgan bolalar va o'smirlar, balki kattalar uchun ham juda qiziq. Qolaversa, endigina 1- sinfga borishga xozirlanayotgan jajji qizaloqning aniq va puxta ishlangan va g'alabani ta'minlashga qodir formulasi mavjud.

25 - avgustdan 5-sentabrgacha davom etadigan jahon chempionatida Mavludaga omad va zafarlar tilaymiz. Qolaversa, qahramonimiz yangi o’quv yilidan Namangan shahridagi 26-umumta’lim maktabida ta’lim olishni ham boshlaydi. Kelajakda u yetakchi va a’lochi, jamoat ishlarida faol o’quvchiga aylanishga bel bog’lagan.

 

                                                                            Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                               Axborot xizmati

                                                                                    

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika