Бош саҳифа

Galdagi vazifalar belgilandi

DSC 0097Davlatimiz rahbarining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” gi 2017-yil 5-iyuldagi farmonining amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida To’raqo’rg’on tumanida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining mudirlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha sho’ba rahbarlari, va ularning , viloyatdagi 682 ta umumta’lim maktablarining direktor va ularning o’rinbosarlari ishtirokida tadbir o’tkazildi. Yig’ilishda so’z olgan O’zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan viloyati kengashi raisi Ilyos Rahimov hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Vahobjon Rajapovlar istiqboldagi vazifalar haqida to’xtalib, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g’oyalariga sodiqlik, milliy o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga dahldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish,

DSC 0073umumta’lim muassasalarida boshlang’ich tashkilot yetakchilarning vazifalari , ular yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishga alohida e’tibor qaratishi , bir maqsad yo’lida birlashtira olish mahoratiga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlab o’tdilar.

 

Tadbir davomida tashkilot faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish,yoshlarni qiynayotgan muammolarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim toppish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

                                                                                     Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                   Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika