Бош саҳифа

OSIYONI ZABT ETGAN JAJJI SHASHKACHI

DSC 0030Viloyatimizda ham sportga bo'lgan yuksak e'tibor natijasida bolalik kezlaridanoq chempionlik nashidasini surayotgan o'quvchilar safi tobora kengayib bormoqda. E'tiborlisi, ular nafaqat mamlakat chempionatlari va kuboklarida, balki qit'a va jahon birinchiliklarida o'z so'zini ayta oladigan darajada har tomonlama barkamol ulg'aymoqdalar.
Yozgi ta'tilda bo'sh vaqtini Namangan shaxmat-shashka klubida o'tkazayotgan o'quvchilar orasida Mavluda Mahmudovani ham uchratish mumkin. 7 yoshli sportchi yaqinda poytaxtimizda bo'lib o'tgan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar va qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida shashka bo'yicha klassik va rapid yo'nalishida mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mazkur g'alaba Mavludaga nafaqat musobaqaning oltin medallarini, balki Bolgariyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini ham taqdim etdi.
5 yoshidan buyon shashka bilan shug'ullanib kelayotgan jajji sportchi ustozlari Qodirjon Karimov hamda Akmaljon Jo'rayev qo'l ostida nufuzli bellashuvga taraddud ko'rmoqda. Qolaversa, uni oila davrasida ham qo'llab-quvvatlashadi.
Osiyo chempioniga qarshi dona surish nafaqat klubga kelayotgan bolalar va o'smirlar, balki kattalar uchun ham juda qiziq. Chunki, endigina 1-sinfga borishga hozirlanayotgan jajji qizaloqning aniq va puxta ishlangan va g'alabani ta'minlashga qodir formulasi mavjud.
25-avgustdan 5-sentabrgacha davom etadigan jahon chempionatida Mavludaga omad va zafarlar tilaymiz. Qahramonimiz yangi o'quv yilidan Namangan shahridagi 26-umumta'lim maktabida ta'lim olishni ham boshlaydi. Kelajakda u yetakchi va a'lochi, jamoat ishlarida faol o'quvchiga aylanishga bel bog'lagan.

 

                                                                                           Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                          Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika