Бош саҳифа

FUTBOL AKADEMIYASI

10Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O`zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan shahar Kengashi qoshida "Navbahor" yoshlar futbol akademiyasi tashkil qilindi.

Futbol akademiyasining taqdimoti chinakam bayramga aylanib ketdi. Tadbirda futbol faxriylari, murabbiylar va futbolchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Unda so`z olgan viloyat futbol federasiyasi vakillari mazkur akademiya "Navbahor" klubining shonli g`alabalarini ta'minlash, chempionlik mavqeini tiklashda o`ziga xos poydevor bo`lishini ta'kidladilar. Bu boradagi sa'y-harakatlar O`zbekiston yoshlar ittifoqining bevosita ishtirokida amalga oshirilishi esa kutilgan samarani ta'minlashi, shubhasiz.

Darhaqiqat, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi qoshida "Navbahor" yoshlar futbol akademiyasi sho`'ba korxonasining ta'sis etilishi viloyat futboli tarixida tub burilish yasaydi. Zero, bu yerda mamlakatimiz chempionatining Oliy va birinchi ligasida ishtirok etayotgan klublar uchun munosib nomzodlarni tayyorlash ko`zda tutilgan. Malakali murabbiy va mutaxassislar jalb qilinib, munosib inftratuzilma, zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida ish yuritish belgilangan. Bu esa, avvalo, yoshlarni ruhlantirmoqda.

Akademiya ish boshlashi munosabati bilan Namangan shahridagi 15- va 17- futbolga ixtisoslashgan maktablarida tahsil olayotgan yuzlab o`quvchilar uchun professional jamoalarga o`ziga xos ko`prik joriy etildi. Chunki bu yerda bo`lajak futbolchilar mahoratini yanada oshirgan holda "Navbahor", "Navbahor-vumen" kabi jamoalar hamda birinchi ligada ishtirok etayotgan klublar a'zosiga aylanishda yaxshi imkoniyatga ega bo`ladilar. Tantanali marosimda viloyat hokimligi tomonidan ana shu yoshlar ixtiyoriga "Isuzu" rusumli avtobus berildi. Bu esa musobaqalarga borish, o`quv-yig`in mashg`ulotlarini tashkil qilishda yangi qulayliklar eshigini ochadi.

                                                         

 

 

                                                                                 Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                                    Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika