Бош саҳифа

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik

IMG 1930El-yurt istiqboli va taraqqiyoti borasida muhim bo'lmagan jarayonning o'zi yo'q. Yoshlar hayoti, kamoli va ta'lim-tarbiyasi esa, bu boradagi eng ustuvor masalalardan biridir.

         Zotan, buyuk kelajakni har jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli, jismonan sog'lom va ma'naviy barkamol avlod barpo etadi. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni munosib kamol toptirishga, dolzarb masala sifatida yuksak e'tibor qaratilmoqda.

         Shu yilning 2 avgust kuni Prezidentimiz raisligida umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'rtasida o'zaro integrasiyani ta'minlagan holda, 11 yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini

tubdan isloh qilish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi ham kelajak avlod kamoli bilan bog'liq muhim vazifalarni qamrab oldi.

 

  IMG 1926       Xususan, 2017 - 2018 o'quv yiliga namunali tayyorgarlik, kuz-qish mavsumiga hozirlik, 9-sinf bitiruvchilarini o'z istaklari hamda ota-onalarning fikrlarini o'rgangan holda umumta'lim maktablarining 10-sinfida, akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirishi shular jumlasidandir. Shu maqsadda Namangan viloyatida Respublika ishchi guruhi Xalq ta'limi vazirligi hamda oliy va o'rta maxsus kasb hunar ta'limi vazirligi, dahldor sohalar vakillari tomonidan shu yo'nalishda izchil faoliyat olib borilmoqda, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.Ular viloyatning har bir shahar va tumanida bo'lib, ilm maskanlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Namangan shahri va har bir tumanda ma'lum bir umuta'lim maktabida bu borada namunaviy ko'rgazmali seminar tashkil etilib, 2017 - 2018 o'quv yilini bugungi islohotlar jarayoni va taraqqiyot asri talablariga muvofiq qanday tashkil etish amaliyotda ko'rsatib berilmoqda. Shunday amaliy seminarlar Namangan shahrida, Kosonsoy, Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uchqo'rg'on, Uychi, Namangan, Mingbuloq, To'raqo'rg'on tumanlaridagi umumta'lim maktablarida seminarlar bo'lib o'tdi.

Bundan maqsad viloyatdagi barcha umumta'lim maktablarida yoshlar kamoli va ta'lim-tarbiya ishlarini ana shunday namunali tashkil etishga erishishdir. Ushbu jarayon tajribali o'qituvchilar, ustoz-muallimlar, sohaga endigina kirib kelib tabarruk kasb egalari bilan bir safda faoliyat boshlashga chog'langan yoshlarga fikr-mulohazlar almashishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

IMG 2009Ishtirokchilar yangi o'quv yiliga tayyorgarlik, ta'lim taraqqiyoti va tizimga o'qitishning yangidan-yangi zamonaviy usullarini joriy etish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar, oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash, bu borada, ayniqsa, endilikda mahalla fuqarolar yig'ini raisi, oqsoqoli, maslahatchisi, hudud profilaktika inspektori faoliyati uchun ilm maskanlaridan joy ajratilgani bilan yaqindan tanishdilar.

         Viloyatning barcha hududlarida bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

  

                                                                       Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                          Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika