Бош саҳифа

O'qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM

 

DSC 0369 1      Muallim hayot bog'ining bog'boni. U borki, umr yo'llarimiz charog'on. Zotan, u qalblarimizga ziyo ulashib, nurli manzillar sari yetaklovchidir. U qaysi bir soha bo'lmasin, yuksak cho'qqilar, muvaffaqiyat marralarini zabt etishda ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassamdir.

    1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni ozod va obod mamlakatimizning barcha joylarida bo'lganidek viloyatimizda ham sohaga bo'lgan yuksak e'tibor samarasi sifatida munosib nishonlandi.

       

DSC 0316

          Viloyatimizda ayni paytda 683 ta maktab, 462 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, shuningdek, 13 ta "Barkamol avlod" bolalar markazi, qator maktabdan tashqari muassasalari mavjud bo'lib, ularda qariyb 30 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylar yosh avlod kamoli yo'lida faoliyat olib bormoqdalar.  Ana shu mo''tabar va ulug' kasb egalarini sharaflashga bag'ishlangan shodiyonalar barcha shahar va tumanlar bo'ylab keng quloch yozdi. 1 oktyabr kuni Namangan shahridagi ko'rkam va muhtasham "Shodiyona" tantanalar majmuasi eng fidoyi, eng ibratga loyiq hamda namunali faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va murabbiylarni viloyat miqyosidagi asosiy bayram tantanalariga chorladi.

    DSC 0374 

        Tantanada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo  Bozarov tantana ishtirokchilarini, ular timsolida viloyatimizdagi barcha ustoz-muallimlarni bayram bilan muborakbod etib, farzandlarimizni buyuk va nurli kelajakka munosib insonlar etib kamol toptirish yo'lida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

          Tabriklar, izhorlar, e'tiroflarda ushbu fidoyi kasb egalarining sharafli mehnati ulug'landi. Jumladan, viloyatimiz xalq ta'limi tizimi vakillaridan 6 nafari kasb bayrami munosabati bilan davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangani alohida ta'kidlab o'tildi.

         Shuningdek, 10 nafar soha xodimlari "Xalq ta'limi a'lochisi" unvoni, 5 nafari xalq ta'limi vazirligining faxriy yorlig'i, 15 nafari viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi.  Bunday yuksak e'tibor, ehtirof va rag'bat tabarruk kasb egalariga yanada qanot bag'ishladi. 

 

Xalq ta’limi boshqarmasi

Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika