Бош саҳифа

BOLALAR KITOBI FESTIVALI

Yuksak ma'naviyat sari

 

DSC 0126"Bolalar kitobi" III respublika festivali xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni har jihatdan yetuk, barkamol hamda intellektual salohiyatli ulg'aytirish borasidagi sa'y-harakatlarning yana bir yorqin ifodasi sifatida butun mamlakatimiz bo'ylab zo'r ko'tarinkilik bilan munosib tarzda o'tkazildi.

Xalq ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan festivalning viloyat bosqichi Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida tashkil etildi.

Adabiyot va ma'naviyat bayramiga aylanib ketgan tadbirda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi xalq ta'limi tizimidagi axborot resurs markazlari 2000 dan ziyod adabiyotlar bilan ishtirok etdilar. E'tiborlisi, ko'rgazmalardan joy olgan kitoblarning asosiy qismi yangi asarlardir.

Anjuman doirasida turli sahna ko'rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlar, zukkolikka undovchi viktorinalar o'tkazildi.

Adabiyot, badiiy asarlar jonu dilim, - deydi Mingbuloq tumanidagi ...-umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi Shahnoza G'ulomjonova. She'riyatga juda ham qiziqaman, shu bilan birga o'zim ham she'rlar mashq qilib turaman. Biz kabi yoshlarning iste'dodimizni kamol toptirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta.     

Bugungi tadbirga ona tili va adabiyoti fani o'qituvchimiz Nozima Qoraboeva ko'magida shoir Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag'ishlangan dastur tayyorlab keldik, - deydi Chortoq tumanidagi 46 umumta'lim maktabining 6-sinf o'quvchisi Maftuna Boqijonova. - Uni maromiga etkazib ijro etishda Odjina Qambarova, Asalxon To'rayeva, Bobur Anvarmirzaev kabi iqtidorli tengdoshlarimiz faol ishtirok etishdi.Ahamiyatlisi, shoir va yozuvchilarning ishtiroki bilan anjuman yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Eng faol, eng kitobxon o'quvchilar hamda ilm maskanlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Har bir inson hayotida, xususan, yosh avlodning yetuk kamolida kitobning o'rni va ahamiyati beqiyos. Zotan, kitob yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi, inson ma'naviyatini yuksaltirib, tafakkur olamini boyitadi. Qaysi bir sohani olmaylik, muvaffaqiyatga erishganlarni cho'qqilar sari yetaklashda kitob eng yaqin hamroh bo'lganini ko'ramiz.

         Shuning uchun ham mamlakatimizda kitobxonlikka bo'lgan e'tibor tobora ortib bormoqda.

               

 

                                                                            Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                               Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika