Бош саҳифа

MAHORAT TANLOVI

IQTIDORLAR BAHSI

 

DSC 0082ViloyatBarkamol avlodbolalar markazida tashkil etilganBolalarning texnik ijodkorligirespublika tanlovining viloyat bosqichida ham qiziquvchan va shu bilan birga qobiliyatli 80 nafardan ortiq oquvchilar oz kashfiyotlari bilan ishtirok etdilar. Qatnashchilar ozlari yasagan mashina, harakatlanuvchi robot, elektron oyinchoq, avtomodel, kema haqida ortoqlashdilar.

Bahs-munozaralarga boy bo’lgan tanlov so’ngida har bir yo’nalishdan g’olib o’quvchilar aniqlandi. Unga ko’ra, avtomodel yo’nalishida Namangan tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Azamat Abdumajidov 1-o’rinni egalladi. Avia-raketamodel yo’nalishida bo’lsa, Uchqo’rg’on tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Halimjon Rahimjonov g’oliblikni qo’lga kiritdi. Norin tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Quvonchbek Jamoliddinov kemasozlik yo’nalishida, Uchqo’rg’on tumanidagi 9-umumta’lim maktabining 6-sinf o’quvchisi Bobur Abdulhayev esa robototexnika yo’nalishida yetakchi deb topildilar.

Elektron o’yinchoqlar yo’nalishi bo’yicha Namangan shahridagi 79-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Abdullo Abdullayevga 1-o’rin nasib etgan bo’lsa, Radiotexnika, elektronika va aloqa yo’nalishida Chortoq tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 5-sinf o’quvchisi Asrorbek Mirzaliyev g’oliblikka loyiq topildi. Kino-video havaskor yo’nalishida Uchqo’rg’on tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi Habitullayev Mahmudjon eng yosh ishtirokchi bo’lishiga qaramay barcha raqiblaridan o’zib ketdi. 1-o’rin sohiblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.

 

                                                                                  Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika