Бош саҳифа

XUSHXABAR

ISPANIYANI ZABT ETGAN ISTE’DODLAR

 

DSC 0123Avval xabar berganimizdek, viloyatimizning eng iqtidorli o’g’il-qizlari 17 - 22-sentabr kunlari Ispaniyaning Loret De Mark shahrida bo’lib o’tadigan “Sea Sun” (“Quyoshli dengiz”) xalqaro musiqa tanlovida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritgan edilar. O’quvchilarimiz festivalning so’nggi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.    12 ta davlatdan 600 nafardan ziyod iqtidor egalari 6 ta yo’nalish bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etgan mazkur tanlovda Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Shirina Nabiyeva hamda 6-sinf o’quvchisi Gulshoda Halimjonovalar fortopeano yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni egallagan bo’lishsa, xuddi shu maktabning 5-sinf o’quvchisi Ahrormirzo Rahmonov skripka yo’nalishi bo’yicha ijro etgan kuylari bilan 2-o’ringa loyiq topildi.

Yangiqo’rg’on tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi Muhriddin Akramovga   esa damli va zarbli (truba) cholg’ular yo’nalishida 2-o’rin nasib etdi. Bu g’alaba Namangan shahridagi 11-sonli va Yangiqo’rg’on tumanidagi 17-sonli BMSM jamoasining ham chinakam shodiyonasiga aylandi. Quvonarlisi shundaki, yosh talantlarimiz jahon sahnalarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qila oldilar. Ularning parvozi bundanda yuksak bo’lishiga tilakdoshmiz.

 

 

                                                                                               Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                                Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika