Бош саҳифа

YOSH TALANTLAR FESTIVALI

DO'STLIGIMIZ - TINCHLIK ASOSI

 IMG 8496Davlatlar, xalqlar, millatlar o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik zamirida tinchlik, ezgulik va insoniyatning baxtu iqboli mujassam. Yurtlarni bir-biriga bog'lab, ellarni-ellarga, dillarni-dillarga tutashtiruvchi rishtalar, do'stlik, ahillik va hamjihatlik kabi yuksak tuyg'ularning kelajagimiz egalari qalbida, ongu-tasavvurida bolalik kezlaridanoq kurtak yozib borishi beqiyos ahamiyatga ega. Shu ma'noda namanganlik o'quvchi-yoshlar shu haftada o'ziga hos ajoyib va betakror tadbir ishtirokchisiga aylandilar.

Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan festival o'tkazildi. Festivalning dastlabki qismida aynan o'g'il-qizlar asosiy qahramon sifatida ishtirok etdilar. Namangan shahar "Barkamol avlod" bolalar markazida "O'zbekiston va Koreya do'stligi" mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Unda viloyatimiz maktablaridan tasviriy san'at borasida o'ziga xos iqtidorga ega bo'lgan yuz nafardan ziyod o'quvchilar ishtirok etib, o'z mahoratlarini namoyish qildilar.

IMG 7701

 

Tadbirda ishtirok etgan Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U ikki mamlakat o'rtasidagi birdamlik, qardoshlik va do'stona aloqalar ta'lim sohasi istiqboliga qaratilgan munosabatlarda ham alohida ahamiyat kasb etgani hamda ushbu hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta'kidladi. Elchi bugungidek tadbirlar ham shuning yorqin ifodasi ekanligiga to'xtalib, rasmlar tanlovida ishtirok etgan o'quvchilarning mahorati, iste'dodi va ularning tasavvur olamini yuksak baholadi.

Boisi o'quvchilar o'zlari chizgan rasmlarda tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik hamda mehr-oqibat kabi tushunchalarni yorqin ranglar orqali betakror tasvirlagan edilar. Koreya elchixonasi tomonidan taqdim etilgan qalam, bo'yoq, mo'yqalam va albom kabi tasviriy san'at jamlanmasi har bir ishtirokchiga o'ziga xos sovg'a bo'lib, o'g'il-qizlarga yanada ilhom bag'ishladi. Yosh talantlar ushbu vositalar yordamida ikki mamlakatning do'stona aloqalari, boy o'tmishi, madaniy meros va udumlari, an'analarini ifoda etdilar.

Tanlov yakunlariga ko'ra, Namangan shahridagi 52-umumta'lim maktabining 4- sinf o'quvchisi Sergey Qurbonov g'olib deb topildi. Shuningdek, tanlovda ko'plab o'quvchilar chizgan rasmlar faxrli o'rinlarga munosib deb topildi va 20 dan ziyod bolalarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Festivalda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ham tashkilotchilarining qimmatbaho esdalik sovg'alari tuhfa etildi.

 

Xalq ta’limi boshqarmasi

Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika