Бош саҳифа

Qish-bahor mavsumi

Namangan viloyat halq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarda 2017-2018 qish-bahor mavsumi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamg‘arishni shakillantirish

 

   zakladka 2 Viloyat halq ta’limi boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T.Mirzaev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika selektor yig‘ilishida «2017-2018 yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini jamg‘arishni tashkil etish xaqida»gi belgilab berilgan topshiriqlarga asosan viloyat halq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 461 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 19 ta davlat ixtisoslashtirilgan 8 ta maxsus maktab-internatlar va 26-sonli mehribonlik uyida ta’lim-tarbiya olayotgan tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar uchun San-Pin me’yorlari darajasida 1694 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini   (kartoshka-1044t, piyoz-331,9 t, sabzi-238,1 t, Guruch- 80t) zahiraga jamg‘arish rejalashtirilgan. Mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamg‘arishga 4,5 mlrd. mablag‘ talab etilishi viloyat moliya boshqarmasi mutahassislari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilgan.

 Bugungi kunda Namangan viloyatdagi 461 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 920 ta, Davlat ixtisoslashtirilgan, maxsus maktab-internatlarda 56 ta zaxira omborlari mahsulotlarni saqlash uchun xozirlangan. 2017 yi 15 sentyabrga qadar barcha tumandlarda hamda Namangan shahridagi 8, 18, 21-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda zahira omborlarini mavsumga tayyorlash bo‘yicha viloyat amaliy seminarlari o‘tkazilgan.

zakladka 1

 2017 yil 30 sentyabr xolatiga muassasa omborlariga     602,3 tonnadan (22,2%) ortiq maxsulotlar qo‘yildi.

 2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T.Mirzaev topshirig‘iga asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri dehqon - fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzish hamda tegishli g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan zudlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazilish topshirig‘iga asosan zaxira jamg‘arish ishlari davom ettirilmoqda.

zakladka

 Amaliy seminarda o‘quvchi tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlantirishda yaratilgan sharoitlar oshxonalar, ovqatlanish zallari va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash hona va jihozlari ham seminar ishtirokchilarga tanishtirildi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika