Бош саҳифа

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI

TA’LIM MUASSASALARIDAGI SOG‘LOM MUHIT-BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING MUHIM OMILI

 

 

     DSC 0044O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yilning 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashriflari chog‘ida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, ayollarga oid davlat siyosatini amalga oishirishda dolzarb ahamiyatliligini, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xotin-kizlar manfaatini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, o‘zlari va oila a’zolarini salomatliklarini asrash, ma’naviy va jismoniy sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlash kabi vazifalar xotin-qizlar qo‘mitalarining asosiy yunalishlari ekanligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida va 2018 yil-“Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yiliga bag‘ishlab 2018 yil 7 iyunda  To‘raqo‘rg‘on tuman “Shirinlik” madaniyat saroyida “Ta’lim muassasalaridagi sog‘lom muhit-barkamol avlod tarbiyasining muhim omili” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

       Seminarda viloyat tasarrufidagi 682 nafar maktab boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va 12 nafar shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ishtiroq etishdi.

DSC 0029

 

      O‘quv amaliy seminarda Voxobjon To‘rajanovich Rajapov- Namangan viloyat  xalq  ta’limi boshqarmasi  boshlig‘i “Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining tashkiliy  tuzilmasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”,   Iroda Sadiqovna Quchqarova- Viloyat   hokimining   o‘rinbosari,    Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 2 fevraldagi PF–5325-son Farmoni ijrosi haqida”, Nasiba Obbasovna Turg‘unova-Viloyat huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi inspektori, mayor “Xotin-qizlar   o‘rtasida      huquqbuzarliklarning  barvaqt oldini olish”, Muqaddas Mahammadjanovna Axmatova-To‘raqo‘rg‘on tuman Oila markazi rahbari “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarni hal etish”, Laylo Ro‘zibaevna Axmedov- Viloyat  Sog‘liqni   saqlash  boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari, ”Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, onalik  va bolalikni muhofaza qilish, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari bo‘yicha”, Zinnura Yunusxon qizi Abdurazzaqova-Viloyat qoriya ayollar bosh otin oyasi “Bir bolaga etti qo‘shni xam ota xam ona”. “Qizlik uyga yog‘ilar raxmat” mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

 DSC 0016

     Viloyat tasarrufidagi 682 nafar maktab boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga ma’ruzalaridan kelib chiqib xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tizimli ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, ayollarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda dolzarb ahamiyatliligini, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xotin-kizlar manfaatini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, o‘zlari va oila a’zolarini salomatliklarini asrash, ma’naviy va jismoniy sog‘lom bo‘lishlarini, xotin-qizlar   o‘rtasida      huquqbuzarliklarning  barvaqt oldini olish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, onalik  va bolalikni muhofaza qilish, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari oldini olish, ta’lim muassasalarda “Qizlarjon klubi”, “Buvijonlar o‘giti”, “Otaxonlar maslaxati”, “Imom xatiblar” bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va davra suhbatlarida “To‘y va marosimlar qadriyatlarimiz ko‘zgusi ekanligi”, “To‘ylarni ixcham va dabdababozliklarsiz o‘tkazish”, “YUqori sinf o‘quvchi-qizlarini turmushga tayyorlash”, ”Pazandachilik sirlari”, “Kiyinish madaniyati”, “Namunali oilalar ibrati”, “O‘quvchi hayo-ibosi”, “O‘quvchi iffat va nazokati”, “Samimiylik -kamtarlik” kabi mavzularni  yoritib, amalga oshirish kerak bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab berdilar.

DSC 0169

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika