Бош саҳифа

Iqtidorlilar saralandi

INNAVATSION FESTIVAL

 

3625

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 2018 yil-“Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2018 yil 19 mart “Umumta’lim maktablarida ingliz tili bilimdonlari klubini tashkil etish to‘g‘risida”gi 58-sonli buyrug‘iga muvofiq har bir tuman (shahar) umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan eng iqtidorli 24 nafar 9-10 sinf o‘quvchilaridan iborat klub tashkil etildi.

 ingliz 3

Klubning maqsadi yurt va millat ravnaqi, xalq ta’limi tizimini rivojlantirish hamda davlat siyosati darajasidagi ertangi kun egalari, o‘quvchi yoshlarimizni erkin fikrlashlari, ularda “liderlik” qobilyatini rivojlantirish, viloyatning chekka hudadlarida joylashgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi va o‘qituvchilarda ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yana orttirish, interfaol usulda dars o‘tishlari uchun soha borasilagi barcha yangiliklardan muntazam xabardor qilish, Xalq ta’limida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatni o‘rnatib, uzluksiz metodik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, ingliz tilini o‘rgatish va o‘rganish orqali davlatimiz rivojiga hissa qo‘shishdan iborat.ingliz 1

 

Mazkur klub 2018 yil 1 apreldan o‘z faoliyatini boshladi. O‘quv yili yakuni bo‘yicha hamda barcha tuman (shahar) klub a’zolari o‘rtasida do‘stona munosabatni o‘rnatish, klub a’zolarini kelajakda bir oila sifatida faoliyat olib borishlari va o‘quvchilarni taqdirlash maqsadida 2018 yil 9 iyun kuni viloyat “Barkamol avlod markazi”da klub a’zolari ishtirokida “SELL” – festivali o‘tkazildi.

ingliz 7Tadbirni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i V.Rajapov ochib berib, bayram ishtirokchilarini tabrikladi va klub faoliyatiga omad tilagan holda mazkur klubni har bir maktabda tashkil etish taklifini bildirdi. Festivalda jami 259 nafar klub a’zolari va 26 nafar klub trener-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Barcha klub a’zolariga sertifikat, homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

ingliz 2

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika