Бош саҳифа

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallari beriladi

   DSC 0004Xalq ta’lim vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

  Mazkur hujjat loyihasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va faol jamoatchiligi uchun oltin va kumush medallarni ta’sis etish ko‘zda tutilgan.

   Qaror loyihasida belgilanishicha:

-oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha oraliq, yakuniy nazoratlari hamda choraklik va yillik baholari a’lo, namunali xulqqa ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

-kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo, namunali xulqqa ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

-oltin medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga kirish sinovlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga to‘plagan umumiy ballining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;

oltin va kumush medallarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga beriladigan imtiyoz bir yilgacha amal qiladi.

  Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarning o‘quvchilarga xolislik va odillik tamoyillariga amal qilgan holda topshirilishini ta’minlaydi.

   Xalq ta’limi vazirligi keng jamoatchilikdan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishni ko‘zlab ishlab chiqilgan qaror loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishni so‘raydi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika