Бош саҳифа

Maktablarini yangi 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorgarligi

    IMG 20180626 171312 021 Namangan viloyat xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq ta’limi bo‘limiga tizimidagi 40-sonli maktabda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yangi 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha Harakat dasturida belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish” bo‘yicha na`munaviy maktab tayorlanib, ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda barcha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, umumta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ul xodimlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv-tarbiyaviy ishlar hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktab kutubxonachilari, yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan tashkil etilgan ko`rgazmaliy seminarda ishtirok etishdi.

 

 

 

 

IMG 20180626 171330 837

     Ta’lim muassasalarida o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda bayramona kayfiyatda kutib olish uchun tayyorgarlik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish, bunda o‘quv binolarini ta’mirlash va maktab hududini obodonlashtirish, sinf xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

IMG 20180626 171317 061

    O‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, avvalo, o‘quvchilarni darsliklar, o‘qituvchilarni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash, o‘quv jarayonini pedagogik va metodik ta’minotini yaxshilash, zamonaviy AKTdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.

IMG 20180626 171304 384

 

    Seminarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini olib borishda barcha hamkor tashkilot va idoralari, jamoatchilikni faollari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish barcha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga hamda maktab rahbarlariga tavsiya qilindi.

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika