Бош саҳифа

Boshlang‘ich xotin-qizlar ko‘mitasining xisobot saylov yig‘ilishi.

IMG 20180919 103254 7482018 yil 15 sentyabr kuni Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishiga tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislari va tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi maktablardan faol, ilg‘or, namunali, boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislari delegatlar ishtirok etishdi.

Hisobot saylov yig‘ilishda Voxobjon To‘rajanovich Rajapov- Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i “Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”, “Maktab rahbarlari va pedagoglarining kiyinish madaniyati, o‘qituvchi imidji” mavzusida,   Iroda Sadiqovna Quchqarova- Viloyat   hokimining   o‘rinbosari,   Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarni hal etish” mavzusida, Muazzam Yakubovna Payziboeva Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 2 fevraldagi PF–5325-son Farmoni va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib o‘tdilar.

IMG 20180919 103317 106

Jumladan; Namangan viloyat xalk ta’limi bo‘limi tasarrufida 2018-2019 o‘quv yilida 682 ta o‘rta talim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa. Jami o‘qituvchilar soni 30749 nafar bo‘lib, ulardan ayol o‘qituvchilar-22413 nafarni tashkil etgan. Jami o‘quvchilar soni 424892 nafar. SHundan qizlar soni–207540 nafarni tashkil etgan. Jami 682 ta maktabdagi direktorlarning 241 nafarini ayollar tashkil etgan, direktor o‘rinbosarlari jami 1663 nafar bo‘lsa, ulardan 695 nafari ayollarni tashkil etganligi va yil davomida Ta’lim muassasalarda “11 yillik majburiy ta’lim – biz qizlar uchun o‘ta zarur va muhim”, “Bobojonim nasihatlari, buvijonim o‘gitlari”, “Qizlar gigienasi”, “Toza qo‘llar salomatlik garovidir”, O‘quvchi–qizlar o‘rtasida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati”, “Zararli odatlarsiz hayot va giyohvand moddalarsiz sog‘lom turmush”, “Erta turmush va uning salbiy oqibatlari”, “Sport-salomatlik garovi”, 8-9-10-sinf o‘quvchi qizlarining onalari ishtirokida “Qizbolaning kasbi-uning baxti”, “Kiz bola-uyning sarishtasi”, “Mahallaning eng orasta qizlari” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. “SHoira Zulfiyaxonim hayot so‘qmoqlari va Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tadbirlar, “Xush kelibsan, go‘zal Navro‘zim!” mavzusida davra suhbatlari, mushoira kechalari, seminarlar o‘tkazildi. Seminarlarda “Qizlarjon” klubi to‘garagi doirasida ko‘rgazmalar, qo‘l mehnati ko‘rgazmalari tashkil etildi va “Qizlarjon” klubi to‘garagi qizlari tomonidan o‘tkazilgan haftalik mashg‘ulotlari seminarlar o‘tkazilganligi, ushbu tadbirlarga “Maslaxatchi buvijonlar va bobojonlar” shahar va tumanlardagi maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, “Qizlarjonlar klubi” sardorlari, direktorlar, umumta’lim maktablarining manaviy–marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda “Xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” bo‘yicha MFY raislari va faollari, hududga biriktirilgan Ichki ishlar bo‘limi hodimlari, tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilganligini aytib o‘tdi.                 .

IMG 20180919 103230 705

Amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va sohada ko‘zga tashlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari delegatlarga bir qator vazifalarni oldilariga maqsad qilib yukladi. Jumladan,

----O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmonining mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda belgilangan vazifalarni mahallalarda, tashkilot va muassasalarda keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibotini tashkillash;

----xotin-qizlar qo‘mitasi raislari tomonidan ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;

----viloyat “Oila” markazi huzurida o‘quvchi-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oiladagi ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo‘yicha sahna ko‘rinish, seminarlar tashkil etish;

----viloyatdagi iqtidorli va iste’dodli qizlarni manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish,   tashkil etilgan “Qizlarjon ” klubi mashg‘ulotlari orqali ularni o‘z qirralarini kengaytirishlariga ko‘mak berish;

----viloyatdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor o‘quvchi-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish;

----tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagidagi o‘quvchi-qizlar, ayniqsa, chekka qishloq joylardagi yosh qizlarni xususiy va oilaviy tadbirkorlikka, xunarmandchilikka keng jalb etish, iqtisodiy bilimlarini oshirish maqsadida “O‘quvchi-qizlar sammiti”, “Mening biznes g‘oyam”, “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi”, ”Hunarmand ayol” kabi mavzularda seminar-o‘quvlar tashkil etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

----o‘quvchi-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlar tahlili asosida ularni keltirib chiqish sabablarini o‘rganish va bartaraf etish;

----xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta nikoh va uning salbiy oqibatlarini oldini olish;

----ta’lim muassasalari va mahallarlarda erta turmush, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Erta turmush qurishning moddiy, ma’naviy, ijtimoiy zararlari” kabi mavzularda amaliy tadbirlar salmog‘ini oshirish va samaradorligini kuchaytirish kabi vazifalar yuklanish hozirgi davr talabi ekanligini barchamiz o‘z oldimizga maqsad va vazifa ekanligini belgilab oldik.

IMG 20180919 103232 394

Kun tartibiga quyidagi masalalar xam kiritildi:

2. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining yangi tahrirdagi Ustavi loyihasi yuzasidan takliflar to‘g‘risida.

3. Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislariga va maktab boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislari uchun 2018-2019 o‘quv yili ish rejalari to‘g‘risida.

3. Namangan viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi Konferensiyasiga delegatlar saylash to‘g‘risida.

IMG 20180919 103314 034

Muzokaralarda so‘zga chiqdilar To‘raqo‘rg‘on tuman boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Munira Akbarova, Uychi tuman boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mita raisi Saida Axmadalieva, Namangan tuman boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Marg‘uba Mamadalieva, Pop tuman boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ma’mura Mavjudova,To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-maktab BXQ raisi Dildora G‘oibboevalar So‘zga chiqib fikrlari va takliflari eshitildi.

Hisobot saylov so‘ngida Namangan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi Konferensiyasiga delegatlar saylash taklifi kiritildi va bir ovozdan qabul qilindi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika