Бош саҳифа

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida o‘quv seminar o‘tkazildi

boshKuni kecha Namangan viloyati Pop tuman 67-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sinflar va fanlar kesimida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllatirishga qaratilgan interfaol metodlar klassifikatsiyasini yaratish" mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda 60 nafardan ortiq tuman (shaxar) xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari xamda barcha tuman (shaxar) xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodistlari ishtirok etdilar. Seminar noan’anaviy tarzda vazirlikning o‘rgan-o‘rgat tavsiyasi asosida o‘tkazildi.

 

IMG 20180927 154101 194

Seminar yakunida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlang‘ich ta’lim metodisti seminar ishtirokchilariga "Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda ta’lim soxasidagi yangiliklar va multimedia ilovalardan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.

IMG 20180927 154103 135

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika