Бош саҳифа

Sizga ta’zim, Sizga ehtirom, Aziz ustozlar!

1-oktyabrMuallim hayot bog‘ining bog‘boni. U borki, umr yo‘llarimiz charog‘on. Zotan, u qalblarimizga ziyo ulashib, nurli manzillar sari etaklovchidir. U qaysi bir soha bo‘lmasin, yuksak cho‘qqilar, muvaffaqiyat marralarini zabt etishda ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassamdir.

           1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni ozod va obod mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lganidek viloyatimizda ham sohaga bo‘lgan yuksak e’tibor samarasi sifatida munosib nishonlandi. Viloyatimizda ayni paytda 684 ta maktab, 13 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi, qator maktabdan tashqari muassasalari mavjud bo‘lib, ularda qariyb 33 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylar yosh avlod kamoli yo‘lida faoliyat olib bormoqdalar. Ana shu mo‘‘tabar va ulug‘ kasb egalarini sharaflashga bag‘ishlangan shodiyonalar barcha shahar va tumanlar bo‘ylab keng quloch yozdi.

1 oktyabr kuni Namangan shahridagi ko‘rkam va muhtasham “Shodiyona” tantanalar majmuasi eng fidoyi, eng ibratga loyiq hamda namunali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni viloyat miqyosidagi asosiy bayram tantanalariga chorladi.

IMG 20181001 221657 052

Tantanada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov tantana ishtirokchilarini, ular timsolida viloyatimizdagi barcha ustoz-muallimlarni bayram bilan muborakbod etib, farzandlarimizni buyuk va nurli kelajakka munosib insonlar etib kamol toptirish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Tabriklar, izhorlar, e’tiroflarda ushbu fidoyi kasb egalarining sharafli mehnati ulug‘landi. Jumladan, viloyatimiz xalq ta’limi tizimi vakillaridan 6 nafari kasb bayrami munosabati bilan davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangani alohida ta’kidlab o‘tildi. Ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarning mehnat sharoitlarini tubdan yaxshilash orqali jamiyatimizda ustozlar qadr-qimmatini yuksaltirishdek ulug‘vor ishlar bugun Namangan viloyatida ham o‘z natijasini bermoqda. Bayram arafasida Prezident Farmoni bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar orasida 8 nafar namanganlik maorifchilar ham bor.

IMG 20181001 152400 184

- Mehnatim yuksak darajada e’tirof etilgani kuchimga kuch, g‘ayratimga g‘ayrat bag‘ishladi. Prezidentimizning biz maorifchilarga yo‘llagan tabriklarida ta’kidlanganidek, bor salohiyatimizda shogirdlarimizda namoyon etishga xamisha tayyormiz. Kelgusida biz tarbiyalaydigan shogirdlarimiz O‘zbekistonimizni jahonda etakchi o‘rinlarga olib chiqishga hizmat qiladilar, - deydi O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Abbos Mamadaliev.

IMG 20181001 152341 413

Etiborlisi, shodiyona arafasida namanganlik pedagoglardan 21 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida yil davomida mamlakat miqiyosida bo‘lib o‘tgan turli tanlovlar g‘olib va sovrindorlari alohida o‘rin egalladilar. Sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ularning bari e’tirof etilib rag‘batlantirildi. Bunday yuksak e’tibor, ehtirof va rag‘bat tabarruk kasb egalariga yanada qanot bag‘ishladi.

IMG 20181001 152334 143

 

   Xalq ta’limi boshqarmasi

                                                                                                  Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika