Бош саҳифа

Ta’lim tizimida innovatsion islohotlar

video

Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o‘sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o‘zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘quvchilarga etkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

2018 yil 5 oktyabr kuni Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Namangan davlat universiteti qoshidagi XTXMOQT hududiy markazi bilan hamkorlikda ilk marotaba viloyat xalq ta’limi boshqarmasi majlislar zalida “Ta’lim tizimida innovatsion islohotlar” mavzusida onlayn video konferensiya tarzida viloyat seminari o‘tkazildi.

IMG 20181005 151026 512

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari studiyalarida tuman (shahar) XTB mudiri o‘rinbosarlari, maktablar bo‘limi boshliqlari, aniq va chet tili fanlari metodistlari, umumiy bo‘lim mutaxasislari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari O‘IBDO‘lari ishtirok etishdi.

IMG 20181005 131100 414

Viloyat studiyasida “Maktab ta’lim jarayonini boshqarish (xt.uzedu.uz) tizimida ma’lumotlarni yangilash, o‘quvchilar harakati bo‘yicha tavsiyalar”, “Yuneskoning AKT kompetentligi bo‘yicha umumta’lim maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talablar”, “Umumta’lim muassasalarida chet tili fanlarini o‘qitilishida innovatsion yondashuv hamda dars jarayonida AKTdan unumli foydalanish” mavzularida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi aniq fan metodisti A.Usmanov, chet tili fanlari metodisti M.Nasritdinov, Nam.DU qoshidagi XTXQTMOI o‘qituvchilari A.Jumabov va I.Nurmatov o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

 

IMG 20181005 131057 760

 

IMG 20181005 130901 742

 

IMG 20181005 141513 174

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika