Бош саҳифа

XTV va Sixclouds Oʻzbekistonda onlayn taʼlim platformalarini joriy etish masalalarini muhokama etdilar

14523612Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida Singapurning Sixclouds kompaniyasi bosh direktori va asoschisi Richard Vun bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

        Xalq taʼlimi vazirligi bilan uchrashuv davomida, Sixclouds kompaniyasi vakillari Singapur, Malayziya va Xitoyda foydalanib kelinayotgan taʼlim platformasini taqdim etdilar.

Sixclouds kompaniyasining rivojlanish boʻyicha bosh mutaxassisi Benson Lek soʻzlariga koʻra, IGNITE onlayn platformasi Singapur taʼlim tizimi asosida yaratilgan. Uning maʼlumotlariga koʻra, Singapur maktab oʻquvchilari PISA oʻquvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dasturi (15–16 yashar oʻquvchilarning matematik savodxonligi, oʻqish va tabiatshunoslik sohasidagi savodxonligini baholash) va TIMSS maktabdagi matematika va tabiiy fanlar sohasidagi taʼlim sifatining xalqaro tadqiqotida (4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar sohasidagi savodxonligini baholash) yuqori oʻrinlarni egallamoqda.

IGNITE platformasi bolalarning maktabdan tashqari taʼlimini tashkil etish uchun yaratilgan hamda hozirda ingliz tili va matematika oʻrganish dasturlarini taklif etmoqda, – dedi Benson Lek. Uning aytishicha, bu ikki fan bolalarning kelajakdagi muvaffaqiyatga erishishlari uchun muhim fanlardir. Platformadan kompyuter yoki mobil qurilmalardan foydalanish mumkin.

Platforma doirasida darslar animatsiya asosida yaratilgan boʻlib, qiyin mavzularni ham yengil tushunishga imkoniyat yaratadi.

Sixclouds startapi vakillari taʼkidlashicha, ular yaqin kunlarda platforma imkoniyatlarini yangi oʻquv kurslari, jumladan dasturlash boʻyicha, va qoʻshimcha xizmatlarni tushirgan holda kengaytirish niyatidalar.

Sixclouds bosh direktori Richard Vun Oʻzbekistonda oʻz kompaniyasining ofisini ochish va mamlakatda tijorat loyihalari bilan birga taʼlim platformasini targʻib qilish boʻyicha qaror qabul qilganini aytib oʻtdi.

 124553123

Uchrashuv doirasida Xalq taʼlimi vazirligi va Sixclouds kompaniyasi vakillari Oʻzbekiston aholisiga sifatli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha, jumladan axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, hamkorlik istiqbollarini muhokama etdilar.

Xalq taʼlimi vazirligi

Axborot xizmati

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida Singapurning Sixclouds kompaniyasi bosh direktori va asoschisi Richard Vun bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Statistika