Бош саҳифа

“Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi

     DSC 0139Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi “Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi.

      2018 yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq taʼlimi sohasida keng koʻlamli islohotlarni boshladi va Xalq taʼlimi vazirligining yangi jamoasiga jamiyatda oʻqituvchi maqomini oshirish boʻyicha qator vazifalar qoʻyildi. Unga koʻra Xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.

    Jumladan, 2018 yilning 5 sentyabr kuni “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

         Mazkur hujjatda “Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar mahkamasiga taqdim etish vazifasi qoʻyilgan edi. Qonun loyihasi oʻqituvchilarning maqomini va pedagogik faoliyat prinsiplarini hamda oʻquvchilarning malakasini oshirish boʻyicha tizimni belgilab beradi.

     Hujjatda oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati kafolatlari belgilanadi. Xususan, oʻqituvchilarning ish haqidan qonunchilikda koʻzda tutilmagan toʻlovlarni, jumladan davriy nashrlarga obuna boʻlish, asossiz maoshidan ushlab qolish taqiqlanadi.

    Qonun loyihasiga koʻra, taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini majburiy mehnat, shahar va tuman hududlarini koʻkalamlashtirish va obodlashtirish ishlariga, metallolom va makulatura yigʻishga, qishloq xoʻjaligidagi mavsumiy va shunga oʻxshash boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ota-onalar oʻqituvchining professional majburiyatlari doirasiga kiradigan masalalarga asossiz aralashish huquqiga ega emaslar. Qonun loyihasida oʻqituvchilarning ijtimoiy himoyasi va individual pedagogik faoliyatga doir huquqlarini belgilab berish ham koʻzda tutilgan.

     Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi “Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani, jumladan malakali pedagoglarni muhokamaga chorlaydi. Qonun loyihasining muhokamasi 2018 yilning 15 noyabriga qadar davom etadi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika