Бош саҳифа

Jaholatga qarshi maʼrifat

        Joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazida     umumtaʼlim maktablarining 8-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy   ishlar tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

    Mazkur tanlovning hududiy bosqichlari joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida respublikamizning barcha   umumtaʼlim maktablarida tashkil etilib, 300 mingdan ortiq oʻquvchilar ishtirok etdi. Tanlovning respublika bosqichida   har bir viloyatdan bir nafardan tasviriy sanʼat, insho va sheʼriyat yoʻnalishlarida jami 42 nafar ishtirokchi qatnashdi.

       

       Tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan 42 ta ijodiy ishlari hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan xolisona va oshkoralikni taʼminlagan holda tahlil etildi. Bunda oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlarning mazmuni, gʻoyaviy asosi, dolzarbligi va amaliy ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

      Tanlovning maqsadidan kelib chiqib, oʻquvchilarning ijodiy ishlarida vatanparvarlik tuygʻulari va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini rivojlantirish, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik va maʼnaviy tahdidlarning oldini olish kabi fikrlar qanchalik aks ettirilganligi tahlil qilindi.

 

 

         Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlar yuqori saviyada tayyorlanganligi hamda yildan yilga ushbu tanlovning nufuzi ortayotganligi haqida fikr bildirildi hamda ularning xulosalariga koʻra tanlovning barcha yoʻnalishlari boʻyicha 1-, 2-, 3-oʻrin va nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblari aniqlandi.

 

 

          Tadbirda Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlikning tegishli boshqarmalari xodimlari, tanlovning respublika bosqichi hakamlar hayʼati aʼzolari, ota-onalar hamda koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi gʻoliblari ishtirok etdi.

       Tanlovni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazining raqs va ashula toʻgaraklari qatnashchilari tomonidan tuzilgan konsert dasturi ochib berdi.

 

         Tanlovning barcha yoʻnalishlardagi gʻolib va sovrindorlari Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorligʻi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblari

 

Insho yoʻnalishida:

1-oʻrin

Xamidullayeva Muxlisa

Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 52-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktabining
8-sinf oʻquvchisi;

2-oʻrin

Mansurova Gulruxsor

Samarqand viloyati, Samarqand shahri 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
10-sinf oʻquvchisi;

3-oʻrin

Komilova Madinabonu

Xorazm viloyati, Xiva shahri 17-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktabining
10-sinf oʻquvchisi.

 

Tasviriy sanʼat yoʻnalishida:

 

1-oʻrin

Boʻriboyeva Zebiniso

Samarqand viloyati, Samarqand shahri 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
9-sinf oʻquvchisi;

2-oʻrin

Boltayeva Sarvinoz

Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
10-sinf oʻquvchisi;

3-oʻrin

Bobomurodov Jahongir

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
9-sinf oʻquvchisi.

 

Sheʼriyat yoʻnalishida:

 

1-oʻrin

Normatova Nargiza

Surxondaryo viloyati Denov tumani 51-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
11-sinf oʻquvchisi;

2-oʻrin

Normaxmatova Sadoqat

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
10-sinf oʻquvchisi;

3-oʻrin

Olimjonova Mohinur

Andijon viloyat Qoʻrgʻontepa tuman 19-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktabining 
11-sinf oʻquvchisi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika