Бош саҳифа

Har bir hududda Prezident maktablari tashkil etiladi

         Oʻzbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda eʼlon qildi.

         Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarishni oʻz oldimizga ustuvor vazifa qilib qoʻygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

     Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, Prezidentimizning tashabbusiga koʻra birinchi maktab Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida tashkil etiladi. Prezident maktablari bosqichma-bosqich mamlakatimizning boshqa hududlarida ham ochiladi, dedi vazir.

         Sherzod Shermatov soha mutasaddilariga maktabni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

“Prezident maktablarining asosiy maqsadi mamlakatimizning har bir viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning rivojlanishiga kerakli sharoitlar yaratishdir”, - dedi Xalq taʼlimi vaziri. Uning soʻzlariga koʻra, mazkur maktab bitiruvchilari kelajakda mamlakatimiz rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshishlari kerak.

      Vazirning aytishicha, Prezident maktablari STEAM (Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (sanʼat) va Mathematics (matematika)) fanlarini oʻqitishga ixtisoslashgan boʻladi.

        Yaʼni, Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilgʻor taʼlim metodologiyalari asosida chuqur oʻrgatiladi.

       “Prezident maktablarida oʻquvchilarni tanlash va taʼlim sifatini taʼminlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi”, - dedi Shermatov.

         Vazirning qayd etishicha, hozirda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Prezident maktablari faoliyati va oʻquvchilarni qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi kerakli meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash boʻyicha ishlar boshlandi. Bu hujjatlar oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar va qabul qilish jarayonini belgilab beradi.

“Fursatdan foydalanib, men xorijlik mutaxassislar va xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni ushbu loyihada ishtirok etishga va Oʻzbekiston taʼlim tizimini rivojlantirishga hissa qoʻshishga chaqiraman. Mutaxassislardan oʻz rezyumelarini va takliflarini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochtasiga yuborishlarini soʻrayman”, - dedi vazir.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika