Бош саҳифа

Chet tillarni o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanish

IMG 20181123 160519 909         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018 yil 19 mart “Smart English Language Learners” – “Ingliz tili bilimdonlari” klubi tashkil etish hamda 2018 yil 20 avgust “Umumta’lim maktablarida chet tili fanlarining o‘qitilish tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 23 noyabr kuni

IMG 20181126 155300 347           Uchqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 43-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Dars muqaddas”, “O‘rgan-o‘rgat”, “Murakkab fanni o‘rganaman”, “Dars muqaddas” tavsiyalari asosida “Chet tillarni o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. Mazkur seminarda 2-3-4-6-7-sinflarda ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

IMG 20181126 155311 750

Tuman (shahar) xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan bir qator ingliz tili fani o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlarini kuzatib, o‘z-fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilindi. Seminarda ingliz tilida o‘quvchilar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar tuman xalf ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

1542971748662

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika