Бош саҳифа

Taʼlimda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar

        Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Taʼlimda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

       Konferensiyada uzluksiz taʼlim tizimida tadqiqot olib borayotgan mutaxassis-olimlar, mustaqil izlanuvchilar ilmiy-nazariy izlanishlarining amaliy tatbiqlari borasidagi tajribali maktab oʻqituvchilarining taklif va tavsiyalari, umumtaʼlim fanlarini oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, taʼlim tizimiga investitsiyalarni keng tatbiq qilish va intellektual salohiyatni yanada yuksaltirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, taʼlim, ilmiy tadqiqot, moddiy texnika baza, moliyaviy, xalqaro aloqalar va boshqaruv faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili“

Davlat dasturi asosida belgilangan vazifalar doirasida bajarilayotgan izlanishlarga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosidagi maʼruzalar tinglandi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika