Бош саҳифа

XTV IT-Nation loyihasini boshladi

       Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi informatika boʻyicha oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish uchun IT-Nation loyihasini boshladi. Loyiha maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarda ishlash uchun kerakli bilimlar bilan tayyorlashga qaratilgan. Bu haqda Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov GDG-Tashkent — DevFest festivali ochilishida eʼlon qildi.

      Axborot texnologiyalari sohasi dunyoda eng tez rivojlanayotgan sanoatlardan biridir va Oʻzbekiston AKT sohasida mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqara oladigan va eksport qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga oʻz diqqatini qaratish kerak, deb aytdi vazir. Buni hisobga olgan xolda, Xalq taʼlim vazirligi informatika fani oʻquv dasturi va darsliklarini zamonaviy talablarga javob berishi uchun qayt koʻrib chiqishni boshladi.

      IT-sanoati yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etadi va ular ish topishlari va maktabni bitirganlaridan soʻng internet orqali, mamlakatni tark etmasdan, munosib pul ishlashlari mumkin. Hozirda bir necha universitetlar bu sohada mutaxassislar tayyorlamoqdalar, lekin xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda bolalarni dasturlash asoslariga maktabdan boshlash lozim, dedi vazir.

    “Hozirgi bizning oʻquv dasturlarimiz tayyor dasturiy mahsulotlardan foydalanishni oʻrgatishga qaratilgan, dasturlovchilarni tayyorlash uchun emas. IT-Nation loyihasining asosiy maqsadi vaziyatni oʻzgartirish va kelajak dasturchilari, dizaynerlari va sinovchilari va axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash hamda kelajak kasblarini oʻzlashtirish uchun sharoitlar yaratishdir”, - dedi vazir.

      Sherzod Shermatov IT-hamjamiyatini informatika fani oʻquv dasturini transformatsiyasida ishtirok etishga chaqirdi. Bunga sabab soha vakillari 5−10 yildan keyin qanday mutaxassislar va koʻnikmalar kerakligini yaxshiroq biladilar. IT-sohasi vakillari ishchi guruh tarkibiga kirishlari yoki oʻz gʻoyalari va takliflari bilan Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .elektron manzillari orqali boʻlishishlari mumkin.

     Vazir yoshlarni oʻz oldilariga katta maqsadlar qoʻyishga chaqirdi va misol sifatida Toshkent shahridagi Inha universitetini keltirdi. Besh yil avval universitet yaratilishi chogʻida Oʻzbekistonning eng zoʻr oliy taʼlim muassasalaridan birini yaratish maqsadi qoʻyilgan edi. Hozirgi kunda universitet eng zoʻr abituriyentlar oʻqishni istaydigan joyga aylandi.

      GDG-DevFest festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil oʻtkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq boʻlmagan kishilar Google kompaniyasining soʻngi texnologiyalari va ishlanmalari haqidagi yangiliklardan xabardor boʻlishadi.

   GDG-Tashkent – DevFest festivali GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Google kompaniyasi, Oʻzbekiston  Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etildi.

www.gazeta.uz

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika