Бош саҳифа

"Let’s save our homeland" viloyat bosqichi o`tkazildi

      IMG 20181207 163756 211 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018 yil 19 mart “Smart English Language Learners” – “Ingliz tili bilimdonlari” klubi tashkil etish hamda 2018 yil 20 avgust “Umumta’lim maktablarida chet tili fanlarining o‘qitilish tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 3 noyabr “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilida “Let’s save our homeland” – “Vatannimizni asraylik” loyihalari tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 207-sonli buyrug‘iga asosan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi chet tili fanlari metodisti Muxammadjon Nasritdinov tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini, ularni axborot texnologiyalari, media, menejment, ta’limga oid ijtimoiy loyiha sohalariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning shu sohalarda loyihalar yaratishiga zamin yaratish, o‘quvchilarni ingliz tili faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ularga shu yo‘nalishlarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish hamda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilida “Let’s save our homeland” – “Vatannimizni asraylik” loyihalari tanlovi o‘tkazildi.

 IMG 20181207 163803 918

      Mazkur tanlov 3 bosqichda: maktab, tuman (shahar) va yakuniy (viloyat) bosqichida tashkil etildi. Tanlovning 1-(maktab) bosqichi 22-23 noyabr, 2-(tuman) bosqichi 27-28 noyabr, 3-(viloyat) bosqichi 7 dekabr kuni Namangan shahridagi 58-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

   IMG 20181207 165738 116

    Tanlovda tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi. Mazkur tanlov yakuniga ko‘ra Namangan shahar 1-o‘rin, To‘raqo‘rg‘on tumani 2-o‘rin, Uychi tumani 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari Kosonsoy tumani “Eng yaxshi notiq”, Norin tumani “Eng zo‘r dizayn”, Uchqo‘rg‘on tumani “Eng zo‘r loyiha” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

IMG 20181207 165745 980

      G‘oliblar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining diplom hamda tadbir homiysi “Ziyokor” o‘quv markazining esdalik sovg‘alari hamda o‘quvchilarni viloyat bosqichida ishtirok etishida mehnati singan jonkuyar ustozlari viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.  

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika