Бош саҳифа

“Men sevgan adabiy qahramon” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

       Yurtimizda oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik hamda ezgulik kabi yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, oʻgʻil-qizlar oʻrtasida milliy va jahon adabiyotini tizimli targʻib etish maqsadida “Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovi tashkil etildi. Mazkur koʻrik-tanlov 4 bosqichda uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

      Koʻrik-tanlovning maktab, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning may-iyul oylarida boʻlib oʻtdi. Unda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4,5 mingdan ortiq 7-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etgan edi. Ular orasidan 56 nafar gʻoliblar tanlovning respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

 

      Bellashuvning respublika bosqichi joriy yilning 20 dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtdi. Insholar tanlovida ishtirokchilar badiiy asardagi bosh qahramon obrazini qay darajada ochib berishi orqali saralandi. Oʻgʻil-qizlar milliy hamda jahon adabiyoti durdona kitoblaridan oʻquvchi uchun eng qiziq boʻlgan qahramon obraziga taʼrif berishdi. Tanlov soʻngida Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlar yuqori saviyada tayyorlanganligi haqida fikr bildirildi hamda ularning xulosalariga ko'ra barcha sinflar kesimida 1-, 2-, 3-oʻrin va nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

 

Tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari Xalq taʼlimi vazirligining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

“Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari

 

8-sinf oʻquvchilari

1-oʻrin

Sadriddinova Nigora

Namangan viloyati Chortoq tumani 39-sonli maktab oʻquvchisi

2-oʻrin

Sindorova Dilbar

Samarqand viloyati Payariq tumani 81-sonli maktab oʻquvchisi

3-oʻrin

Xolmurotova Gulinor

Surxondaryo viloyati Termiz tumani 9-sonli maktab oʻquvchisi

9-sinf oʻquvchilari

1-oʻrin

Oqmamatova Shahribonu

Toshkent shahar Bektemir tumani 290-sonli maktab oʻquvchisi

2-oʻrin

Komilova Kamola

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 8-sonli maktab oʻquvchisi

3-oʻrin

Zaripova Zarina

Xorazm viloyati Gurlan tumani 41-sonli maktab oʻquvchisi

10-sinf oʻquvchilari

1-oʻrin

Sheraliyeva Zarnigor

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-DIMI oʻquvchisi

2-oʻrin

Maratova Nilufar

Jizzax viloyati Arnasoy tumani 22-sonli maktab oʻquvchisi

3-oʻrin

Muhammadjonova Nodira

Andijon viloyati Asaka tumani 58-sonli maktab oʻquvchisi

11-sinf oʻquvchilari

1-oʻrin

Muqimova Gulchiroy

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 8-sonli maktab oʻquvchisi

2-oʻrin

Shomurodova Mohiniso

Samarqand viloyati Narpay tumani 17-sonli maktab oʻquvchisi

3-oʻrin

Xojiqurbonova Nilufar

Xorazm viloyati Urganch tumani 47-IDUM oʻquvchisi

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika