Бош саҳифа

Youth techno art – 2018 festivali Respublika bosqichi g`oliblari taqdirlandilar

   Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama ragʻbatlantirish maqsadida “Youth techno art – 2018” festivali oʻtkazildi. Mazkur tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad oʻquvchilar oʻrtasida texnik vositalar va kompyuter texnologiyalarini oʻrganishni tashkil etish hamda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirishdan iborat.

   Taʼkidlash joizki, tanlov ikki bosqichda uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Festivalning hududiy bosqichida jami 4,2 mingga yaqin oʻquvchilar ishtirok etdi. Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgarak aʼzolari hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ham faol qatnashishdi.

 

        Festivalda oʻgʻil-qizlar 5 ta, yaʼniavtomodel, avia-raketamodel, robototexnika, elektron oʻyinchoqlar hamda radiotexnika, elektronika va aloqa yoʻnalishi boʻyicha 1,2 mingga yaqin ijodiy ishlari bilan bellashdi.

    Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 25 dekabrida Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. Tanlovning yakuniy bosqichida har bir oʻgʻil-qiz oʻzining ijodiy ishi hamda koʻrgazmalari bilan faol ishtirok etdi.

 

 

“Youth techno art - 2018” bolalarning texnik ijodkorligi festival-tanlovining natijalariga koʻra gʻoliblar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha saralandi:

Avtomodel yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin - Asadbek Xasanov, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

2-oʻrin - Azizbek Neʼmatov, Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

3-oʻrin - Laziz Jalilov, Buxoro viloyati, Buxoro shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi

 

 

Avia-raketamodel yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin Azizullo Komiljonov, Toshkent shahri, Olmazor tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

2-oʻrin - Abbos Kamilov,Toshkent viloyati, Bekobod shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi

3-oʻrin - Muhammadqodir Mamatov, Namangan viloyati, Uychi tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

 

 

Elektron oʻyinchoqlar yoʻnalishi boʻyicha:

 

1-oʻrin - Tursunboy Abdulboriyev, Namangan viloyati, Namangan shahri “Barkamol avlod” bolalar markazi

2-oʻrin - Elbek Xasanov, Samarqand viloyati, Samarqand shahri “Barkamol avlod” bolalar markazi

3-oʻrin - Faxriddin Dilshodov, Jizzax viloyati, Jizzax shahri “Barkamol avlod” bolalar markazi

 

Robototexnika yoʻnalishi boʻyicha:

 

1-oʻrin - Suhrob Haydarov, Navoiy viloyati, Navoiy shahri “Barkamol avlod” bolalar markazi

2-oʻrin - Berdiyar Barlыqbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

3-oʻrin - Abrorxoʻja Anvarov, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani

 

Radiotexnika, elektronika va aloqa yoʻnalishi boʻyicha:

 

1-oʻrin - Haydar Rafiqov, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

2-oʻrin - Shatskiy Georgiy, Toshkent shahri, Olmazor tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi

3-oʻrin - Abbos Mansurov, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri.

 

Tadbir doirasida bolalar badiiy jamoalarining chiqishlari hamda tantanali taqdirlash marosimi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika