Бош саҳифа

Ta`limga nazar

IMG 20190122 105108 562Kosonsoy tuman “Hurriyat-1” MFYda joylashgan 5-, 7-sonli hamda “Chindovul” MFYda joylashgan 20-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Viloyat hokimining tashabbusi bilan, Kosonsoy tuman “Hurriyat-1” MFYda joylashgan 5-, 7-sonli, “Chindovul” MFYda joylashgan 20-sonli umumta’lim maktablarining har birida 4 tadan sinf xonalar, ya’ni, o‘g‘il bolalar uchun duradgorlik, chilangarlik, qiz bolalar uchun pazzandachilik, chevarchilik to‘garaklarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, mazkur 4 ta sinf xonasini mukammal ta’mirlash uchun 15 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

IMG 20190122 105058 216

Ushbu sinf xonalarga chevarchilik, pazzandachilik, chilangarlik hamda duradgorlik to‘garaklariga 80 nomdagi jihoz uchun jami 164,6 mln. so‘m mablag‘ evaziga to‘garak xonalari to‘liq jihozlandi.

IMG 20190122 105010 297

Shuningdek, Kosonsoy tumanidagi 1-, 8-, 46-sonli umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori asosida oshxonalar tashkil etilib, to‘liq jihozlandi.

IMG 20190122 105053 345

Jumladan, 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oshxonasini 80 mln. so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlanib, 3 tomonlama shartnoma bo‘yicha xususiy tadbirkor Oxunova Nargizaga ijara asosida faoliyat yuritish uchun berildi. 1-, 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, oshxonalar qarorda ko‘rsatib o‘tilgan holatda to‘liq ta’mirlanib, jihozlandi.

IMG 20190122 105001 975

Bundan tashqari, tumandagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida byudjetdan tashqari mablag‘ topish, muassasa holatini saqlash uchun o‘z hisobidan amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Maktab issiqxonasi”, “Maktab quyonxonasi” hamda “Maktab parrandachiligi” tashkil etilgan.

Mazkur xizmatlardan 2018 yil davomida 14 mln. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan, 2019 yil davomida 20 mln. so‘m mablag‘ topish rejalashtirilgan.

IMG 20190122 105024 550

2019 yil 20 yanvar kuni Kosonsoy tuman, Chindovul MFY hududidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, xar bir hududdan 5 nafardan maktab direktorlari ishtirokida “Oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish hamda ustoz-shogird an’anasi” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

IMG 20190122 105014 413

Mazkur seminarda viloyat hokimi X.Bozarov tomonidan sektor rahbarlari, xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda maktab direktorlariga namuna sifatidagi to‘garak xonalari, oshxonalar tashkil etish hamda byudjetdan tashqari mablag‘ topish uchun xizmatlarni yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilab berildi.

IMG 20190122 105026 704

 

 

 

IMG 20190122 105028 978

   

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika