Бош саҳифа

Pedagoglarning o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishi hamda ta’lim sifatini oshirishda ularning faoliyatini oshirish mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv-seminar mashg‘uloti

      IMG 20190122 105104 664Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 2019 yil 16-19-yanvar kunlari Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi va ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, xalq ta’limi tizimida extiyojga asoslangan metodik xizmatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda maktab direktorlari, maktab direktorlarining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda barcha fan o‘qituvchilarining o‘quv ta’lim-tarbiya hamda kasbiy maxoratini hamda mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

       Viloyat o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun 18 nafar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va fan metodistlari, 40 nafar tuman (shaxar) xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or, tajribali trener-o‘qituvchilar jalb qilindi

IMG 20190123 125629 320       

        Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 16-19-yanvar kunlari o‘tkazilgan seminarda 156 nafar direktor o‘rinbosarlari va psixologlar, 106 nafar jismoniy tarbiya, CHYOT, 120 nafar musiqa, texnologiya va tasviriy san’at, 60 nafar ona tili va adabiyoti, 90 nafar chet tili, 175 nafar boshlang‘ich sinf, 187 nafar tabiiy (geografiya, kimyo, biologiya,fizika) fanlari, 107 nafar tarix, xuquq, 95 nafar matematika, informatika, 112 nafar rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

IMG 20190123 125538 430

         O‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida raxbar va pedagog xodimlarning lavozim majburiyatlari, raxbar va pedagoglarning malaka oshirish kurslaridan o‘tishi, xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim sifatni oshirishga maqsadida tavsiya etilgan innovatsiyalar, umumiy o‘rta ta’limning 2018-2019 o‘quv yili tayanch o‘quv rejasi asosida o‘quv dastur va darsliklardagi o‘zgarishlar, ish rejalar va dars ishlanmalarini tuzish, maktabda fan metod birlashmalarning me’yoriy xujjatlari va uni samarali tashkil etilishi, o‘quv lasturlari va dars ishlanmalarini tuzish, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi masalalar muxokama etildi.

IMG 20190123 125543 033

     Seminar Kosonsoy tumanidagi 2-,4-,6-,8-,10-,13-,18-,28-,35-,41-maktablarida o‘tkazildi hamda o‘tkazish jarayonida raxbar va pedagoglarga 8 ta metodik kengashi, metodbirlashmalar ishlarini yaxshilashga oid qo‘llanmalar, 100 dan ortiq fanlar kesimida amaldagi darsliklarga oid dars ishlanmalari va o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmalar, slayd va videoroliklar etkazib berildi.

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika