Бош саҳифа

“Onlayn” test sinovi o`tkazildi

saytga3O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 67-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish bo‘yicha har haftalik kurslarini o‘tkazish tartibi to‘grisida”gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-26 yanvar kunlari tayanch-maktablarga jalb etilgan ingliz tili fani o‘qituvchilariga  ilk marotaba viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan “onlayn” tarzida test sinovi o‘tkazildi.

saytga           Mazkur jarayon 1-bosqich (sentyabr-dekabr) yakuni yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 5-yanvar 3-sonli buyrug‘iga asosan har bir tuman (shahar) hududida tashkil etilgan studiyalarda o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan test sinovida jami 1846 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

saytga1

 

saytga4

 

 

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika