Бош саҳифа

PISA xalqaro tadqiqotlari

IMG 20190208 152533 911Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy boʻlimi, viloyat xalq taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 6 fevral kuni “Umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiqotlarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish”mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

IMG 20190208 152528 732         Oʻquv-amaliy seminarda hududiy boʻlimi boshligʻi A.Pirnazarov, bosh mutaxassis Sh.Alixonov, viloyat xalq taʼlim boshqarmasi boshligʻi V.Rajapov, taʼlim sifati monitoring boʻlim bosh inspektor-metodisti R.Tillaevlar tomonidan viloyatdagi tayanch maktablari va 2018-2019 oʻquv yilida milliy reyting tizimida ishtirok etadigan maktab direktorlari hamda ularning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosarlariga umumtaʼlim muassasalari milliy reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish masalalari boʻyicha maʼlumotlar berildi.

IMG 20190208 152533 911

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savol va fikr mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan tayyorlangan milliy va xalqaro baholash reytinglari toʻgʻrisidagi oʻquv-uslubiy materiallar taqdim etildi.

IMG 20190208 152544 027

Bundan tashqari, har bir oʻqituvchi, oʻquvchi va ularning ota-onalariga ushbu milliy va xalqaro baholash reytinglari toʻgʻrisida keng koʻlamda tushunchalar berib borish maqsadida oʻquv-amaliy seminarni tumanlar kesimida tizimli davom ettirish belgilab olindi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika