Бош саҳифа

Hindistonlik vakillar Namangan viloyatida

hind1Doktor Anis Ahmad boshchiligidagi Hindistonlik vakillar Namangan viloyatiga tashrif buyirishdi. Tashrifning asosiy maqsadi Namanganda ingliz maktabini tashkil etish shart va sharoitlarini o’rganish va Namangan Xalq ta`limi boshqarmasi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishdan iborat. Asli Hindistonlik bo’lgan Doktor Anis Ahmad xozirgi kunda Quvayt davlatidagi Salmiya Hind Modeli maktabi direktori xisoblanadi. Maktabda 2000 nafar 25 dan ortiq turli millatlarning farzandlari taxsil oladi. Guruhdagi qolgan kishilar Muhammad Ya’min, Muhammad Aslam va Muhammad Imran Xonlar Hindistonlik tadbirkorlar bo’lib tashkil etiladigan maktabga investitsiya olib kirishni maqsad qilganlar. Ular tamonidan Fors ko’rfazi davlatlari, jumladan BAA Ajman amirligida ham Britaniya ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan maktabida 2000 mingta o’quvchi taxsil olib kelyapti.

 

Untitled-1

Shuningdek, Hindistonda ham 2500 o’rinlik Hindiston ta’lim tizimiga asosida tashkil etilgan maktabni ham muvofaqqiyat bilan boshqarib kelishmoqda. Mehmonlarni Namangan Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig’gi V.T.Rajabov kutib olib O’zbekiston maktablaridagi o’quv jarayonlari bilan tanishtirib o’tdi. Viloyatning barcha tumanlaridan kelgan Barkamol Avlod Markazlari o’quvchilari tomonidan tayyorlangan ko’rgazma mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan turli innavatsion loyihalar juda manzur keldi. Raqs to’garagi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan hindcha raqs esa mehmonlarni to’lqinlantirib yubordi.

 

hind2

 

Viloyat ARM ga qilingan tashrifdan so’ng mehmonlar o’zlarini go’yo o’z uylaridek xis qilishayotganini e’tirof etishdi. Muhammad Ya’min esa Hindistondek davlatni Bobur tomonidan egallab olinishi sirini endi anglab yetdim, bunday iqtidorli va bilimli millat sababidan ekan deya ta’kidlab o’tdi. Mehmonlarga maktab tashkil etilishi mumkin bo’lgan joylar, maktablar ko’rsatildi. Ular esa o’z navbatida Quvaytga qaytgach barchasini muhokama qilin tezkinlarda aniq takliflarni bildirishlarini ta’kidlab o’tdilar. Katta ishonch bilan 2019-2020 o’quv yilidan boshlab o’z maktablari tarmog’ini aynan Namangandan boshlashni maqsad qilganlarini bildirdilar.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika