Бош саҳифа

IT texnologiyasi

IMG 20190313 131836 572Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanishi barobarida mazkur soha mutaxassislariga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Davlatimiz rahbari joriy yil 28 fevral - 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida bergan topshirig‘i asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar markaz” lar tashkil qilish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

 “O‘zbektelekom” AKning Namangan shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi ma’muriy binosida xamda Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 34-,77-maktablarida respublikada birinchi bo‘lib tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar markazi” bu boradagi dastlabki amaliy qadamlardan bo‘ldi.


IMG 20190313 131843 200

 “Raqamli texnologiyalar markazi”ni tashkil etishdan bir qator istiqbolli maqsadlar ko‘zda tutilgan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov. – Jumladan, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatishdi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun axborot texnologiyalari bo‘yicha tayyorlov kurslarini tashkil etish, axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish kabi masalalarga e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

IMG 20190313 131851 764

Markazda muzokaralar o‘tkazish xonasi, videokonferensiya aloqa studiyasi, markaz ma’muriyati uchun mo‘ljallangan xonalar va Namangan shahridagi 34-,77-maktablarda zamonaviy kompyuter texnikasi, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlandi. Yigirmadan ziyod kompyuter jamlanmalari, jihozlangan o‘quv xonalarida joriy yilning o‘zida ming nafardan ziyod yoshlar bepul o‘qitiladi.

O‘quv markazida IT–tadbirkorlikni va startap loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab to uni tijoratlashtirish bosqichigacha bo‘lgan jarayonlar qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, markazda qo‘shimcha ravishda hokimliklar, davlat va xo‘jalik organlari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholi uchun axborot texnologiyalari yo‘nalishida kunduzgi va kechki kurslarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika