Бош саҳифа
×

Ogohlantirish

JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 42

Buyuk tarixdan – buyuk kelajak sari

       Prezidentimizning 28-fevral – 1-mart kunlari Namanganning koʻhna va qadimiy, ajdodlarimizning shavkatli oʻtmishi va beqiyos bunyodkorlik salohiyatini oʻzida mujassam etgan Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi qadimiy Axsikent yodgorligida ham boʻldi. Davlatimiz rahbari tashrifi chogʻida mazkur goʻshani butun dunyo ahli havas va hayratiga sazovor turistik maskanga aylantirish masalalariga alohida toʻxtalgan edi. Shuningdek, Axsikentni Fargʻona vodiysi sivilizatsiyasi markazi boʻlganligini eʼtirof etish asnosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat ruhida kamol toptirishda bunday obidalarga muntazam sayohat uyushtirish, boy va qadimiy tariximiz haqidagi bilimlarini boyitishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladi.

       Ayni paytda Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tashabbusi bilan “Buyuk tarixdan – buyuk kelajak sari” shiori ostida viloyatdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining Axsikentga sayohatlari uyushtirilmoqda.

     15 mart kuni buyuk tariximiz koʻzgusi, ochiq osmon ostidagi muzey sifatida eʼtirof etilayotgan qadimiy Axsikentga Toʻraqoʻrgʻon va Mingbuloq tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining 500 nafarga yaqin oʻquvchilari, ustoz-muallimlar, keng jamoatchilik vakillari hamkorlikda sayohat qildilar.

 

 

 

     Qadimiy Axsikent bilan yaqindan tanishuv, ajdodlarimizning bunyodkorlik borasidagi yuksak salohiyati ifodasi boʻlgan yer osti suv inshooti oʻgʻil-qizlarda katta taassurot qoldirdi.

    “Axsikent” turizm maskani direksiyasi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Tohirjon Qozoqovning 1000 yilliklarni oʻzida mujassam etgan tarixiy obidalar, suv inshooti, Axsikent yodgorligi haqidagi ilmiy manbalarga asoslangan maʼlumotlari oʻquvchilarning tariximiz borasidagi bilimlarini yanada boyitdi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika