Бош саҳифа

Til-millat ko`zgusi

IMG 20190318 175640 857Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida"gi Qonunini o'quvchilar ongiga singdirish, o'quvchilarning dars jarayonlari orqali olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, o'quvchilarning o'z ona tiliga bo'lgan mehr-muhabbatlarini oshirish, o'quvchilar bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish, yoshlarni turli yot g'oyalar va tahdidlar xurujidan samarali himoya qilishga erishish maqsadida viloyatdagi davlat ixtisoslashgan maktab-internatlari o'rtasida "Til bilimdonlari"tanlovi o'tkazildi.

Tanlovning hududiy bosqichlari fevral oyida o'tkazilgan bo'lib, viloyat bosqichiga eng kuchli 4 ta jamoa tanlab olindi.

Viloyat "Barkamol avlod" bolalar markazida "Til bilimdonlari" tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. Tanlovda 18-DIMIning "Zulfiya izdoshlari" jamoasi, 1-DIMIning "Iqtidor" jamoasi, 17-DIMIning "Ibrat" jamoasi, 11-DIMIning "Sarafroz" jamoalari 5 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Umumiy hisobda 87 ball bilan 1-DIMIning "Iqtidor" jamoasi 1-o'rinni egalladi. 17-DIMI 86 ball, 11-DIMI 84 ball, 18-DIMI 80 ball to'pladilar. Barcha jamoalarga faxriy yorliqlar, BAMning esdalik sovg'alari topshirildi.

IMG 20190318 175702 065

 

IMG 20190318 175634 814

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika