Бош саҳифа

“Ta’limda innovatsiya” Respublika sammiti tashkil etildi

       Viloyatimizda “Innovative Education Summit 2019” – “Ta’limda innovatsiya” Respublika sammiti bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol va tashabbuskor, yuksak salohiyatli ingliz tili fani muallimlari, professor-o‘qituvchilarni o‘zida jamlagan sammit ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

      Sammitning tantanali ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Babaxodjayev, Respublika Ta’lim markazi rahbariyati, NamDU rektori, viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari hamda dastur bo‘yicha trener AQShlik Shannan Rouch ishtirok etdi.

        So‘zga chiqqanlar xorijiy tillarni o‘rgatish borasida yangi metod hamda texnologiyalarni amalda keng qo‘llash va tajriba almashishga qaratilgan sammit ta’lim sifatini oshirish, ingliz tilini o‘qitish tizimini yanada yaxshilashga xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi.

 

       E’tiborlisi, sammit Janubiy Koreya hamda Hindistonning nufuzli o‘quv muassasalari bilan teleko‘prik o‘rnatilgan holda tashkil etilib, mazkur jarayonda ikki mamlakatdagi pedagoglar, shuningdek, 2000 nafardan ziyod ta’lim sohasi vakillari faol ishtirok etdi. Qolaversa, sammit ishini bir vaqtning o‘zida viloyatining To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Pop, Chortoq tumanlari hamda viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish hududiy markazida ham bir necha yuzlab pedagoglar hamda soha vakillari onlayn tarzda kuzatib bordi.

         O‘quvchilarning ingliz, nemis, fransuz, arab, xitoy, koreys hamda yapon tili kabi 7 tildagi chiqishlari, ular ijrosidagi namoyishlar sammit ishiga yanada tantanavorlik bag‘ishladi.

     Sammit doirasida o‘qituvchilar guruhlarga bo‘linib, amaliy mashg‘ulot, mahorat darsi va treninglarda ingliz tilini o‘qitishda ilg‘or usul va texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan loyihalar ustida ish olib bordi. Amaliy mashg‘ulotlar ilg‘or ta’limiy jarayon, tajriba va fikr almashuvi, bahs-munozaralarga boyligi bilan yuksak ahamiyat kasb etdi.

    Kunning ikkinchi yarmida sammit qatnashchilari viloyatning diqqatga sazovor joylari, jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan Ishoqxon Ibrat nomidagi maktab hamda qadimiy Axsikent yodgorlik majmuasida bo‘ldilar.

    Sammitning ikkinchi kunida guruhlar tomonidan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Yutuq, yangilik, yangi tashabbuslar o‘rtaga tashlandi. Tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga hamohang ilg‘or ta’limiy jarayonlar hamda jahon tajribasi bilan uyg‘un ravishda ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti dolzarb jihatlarni qamrab olganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Sammit yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg`alar topshirildi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika