Бош саҳифа

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi - 2019” tanlovining ikkinchi bosqichi boshlandi

      IMG 20190516 130839 769Joriy yilning 6 may kunidan boshlab 13 ta fan yo‘nalishida tanlovning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Tanlov Nizomiga muvofiq, ikkinchi bosqichni o‘tkazish xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Tanlovning ikkinchi bosqichi 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tadi.

       Tanlovni adolatli o‘tkazish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida test topshiriqlari Respublika ta’lim markazining har bir hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan belgilangan ta’lim muassasalari test jarayonlarini bevosita kuzatib borish maqsadida videokuzatuv vositalari bilan ta’minlangan.

       IMG 20190516 130802 244

 

        Birinchi shart natijalariga ko‘ra 26 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilargina ikkinchi shartda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, tanlov shartlarini bajarish jarayonlarini tasvirga olish tavsiya etiladi.

      Tanlovning ikkinchi bosqichida uchta shart bo‘yicha 76 ball va undan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan ishtirokchilar orasidan har bir fandan eng yuqori ball to‘plagan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan sovrindorlar aniqlanadi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika