Бош саҳифа

Viloyatimizdagi barcha maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq yangradi

       IMG 20190527 095009 407 Joriy yilning 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2018-2019 oʻquv yili yakunlanishi munosabati “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan tavsiyalar asosida ertalab soat 8:00 – 9:00 oraligʻida boʻlib oʻtdi.

   “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida Namangan voloyati hokimi Bozarov Xayrullo Xayitboyevich Namangan shahri 1-sonli maktabga tashrif buyurdi va barcha bitiruvchilarini  tabriklab  maktabga “Book challenge”, “Bolalarga ertak hadya etining”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi doirasida oʻquv va badiiy adabiyotlar sovgʻa qildi.

       

IMG 20190527 100521 030

      Tadbir doirasida yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantirildi.2018-2019 oʻquv yilida fan olimpiadalari, koʻrik tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan hamda ijodkor oʻqituvchilar faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

IMG 20190527 094841 686

      Tadbir ishtirokchilariga Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xalq taʼlimi tizimida ham katta islohotlar davri boshlanganligi, soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 5 ta muhim tashabbus asosida yoshlarni qiziqishlari va isteʼdodini namoyish etish, jismoniy chiniqtirish, kompyuter savodxonligini oshirish, ularni maʼnaviyatini yuksaltirish va ish bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

IMG 20190527 094823 520

 

 

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika