Бош саҳифа

Boshlang'ich ta'lim samaradorligi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o'quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining forumi tashkil etildi. Xalq ta'limi vazirligi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumda boshlang'ich ta'lim yo'nalishida,

jumladan, chet tillarni o'rganish tizimida olib borilayotgan ishlarni sifat va samaradorligini oshirish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, o'qituvchilarning ijodkorligi va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish kabi dolzarb mavzularda muhokamalar bo'lib o'tdi.

Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ilg'or boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari ishtirokida o'tkazilgan mazkur forum quyidagi to'rtta yo'nalishlarda ish olib bordi:

1-yo'nalish: Boshlang'ich ta'lim jarayoniga yangi avlod darslik majmualari va zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish: muammo va yechimlar,

2-yo'nalish: Boshlang'ich ta'limda chet tili va boshqa tillarni o'qitishning innovatsion texnologiyalari,

3-yo'nalish: Barkamol avlodni ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashda boshlang'ich ta'limning o'rni,

4-yo'nalish: Boshlang'ich ta'lim tizimi pedagog kadrlarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish hamda ta'limni modernizatsiya qilishda ularning pedagogik mahoratlarini shakllantirish masalalari.

Forumda chet tili o'qituvchilarining bu boradagi malakasini oshirish, nutq ko'nikmalarini rivojlantirish, maktabda, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda chet tillarni o'qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Ushbu masalalarning ilmiy-amaliy echimlariga bag'ishlangan ma'ruzalar tinglandi. Chet tillarni o'qitishni takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Forum doirasida ishtirokchilar poytaxtimizdagi ta'lim muassasalari, madaniy va ma'rifiy maskanlarga tashrif buyurishib, mustaqillik yillarida kundan-kun chiroy ochayotgan Toshkent shahrida so'nggi yillarda olib borilayotgan bunyodkorlik islohotlari bilan tanishdilar.

 

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika