Бош саҳифа
×

Ogohlantirish

JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 42

Khan Academy O’zbek - O‘zbekistondagi ilk ommaviy bepul onlayn ta’lim platformasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

888    O‘zbekistonda ilm sohasidagi tarixiy kunlardan biri. Bepul mustaqil ta’lim olish bo‘yicha dunyodagi eng katta platformalardan biri - Khan Academy - bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bu juda katta foydali ish.

   www.xanakademiyasi.uz orqali yoshlarimiz onlayn videodarslarni ko‘rib, o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.

  Mazkur loyiha tashabbuskor fuqarolar tomonidan amalga oshirildi, unga mingga yaqin insonlar o‘z xayriyalari bilan ulush qo‘shishdi. Ya’ni ushbu yirik loyiha mualliflari davlat emas, jamiyat – sizu biz! “Davlat bizga nima qilib berdi, falon narsani davlat qilsin” degan mafkura yopishib qolgan bir zamonda, fuqarolarning o‘zi ham birgalashib yirik loyihalar qila olishi mumkinligini isbotlab bergani uchun ham xursandman. Haqiqiy fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi ham shu aslida.

Batafsil...

MINGBULOQ TUMANI JAMOSI 'QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR' KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIGA YO‘L OLDI

IMG 20191020 192755 706    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar, tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan Namangan shahrining "Namcity", Mingbuloq tumanining " Sho‘x bolalar", Norin tumanining "O‘zbegim" jamoalari uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

    Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda Mingbuloq tumanining “Sho`x bolalar” jamoasi g‘olib, deb topildi hamda ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichiga yo‘l oldi.

Tanlovning hududiy bosqichi noyabr oyida Andijon viloyatida bo‘lib o‘tadi, unda Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari jamoalari bellashadilar, g‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Batafsil...

Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda

IMG 20191020 192355 443

      Xalq talimi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 141-sonli buyrug‘iga asosan 4 bosqichli "Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda" shiori ostida futbol musobaqasining 3 - viloyat bosqichi 19 oktyabr kuni Chortoq tumanida o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqada jami 12 ta jamoada 180 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

       Musobaqaning respublika saralash bosqichining bitta guruhi uyinlari 25-30 oktyabr kunlari Namangan viloyatida o‘tishi belgilangan. Ushbu saralash bosqichida Namangan,  Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari terma jamoalari final bosqichiga chiqish uchun baxs olib borishadi. Respublika final bosqichi 4-8 noyabr kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi. Viloyat bosqichi uyinlarini Namangan viloyat televideniyasi tasvirga oldi.

 

Batafsil...

Tanlovga marhamat!

132        TIL - MILLAT KO‘ZGUSI

 

      Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ''Bolalar dunyosi'' hamda “Murabbiy”  gazetalari tahriririyati bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlarning ona tili va adabiyoti fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishlariga erishish, ularning bu  boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash va boyitish, shuningdek,  o‘qituvchilarda ona tili va adabiyoti fanlarini yangicha yondashuvlar,  ilg‘or pedagogik texnologiyalari asosida tashkil etishni rag‘batlantirish,  multimedia vositalari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanib, dars jarayonlarida zamonaviy usullarni qo‘llash borasidagi tashabbuskorligini oshirish maqsadida.

Batafsil...

"Yil hikoyasi” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi

      Oʻquvchilarga milliy va jahon adabiyotini targʻib qilish orqali ular qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotish maqsadida “Yil hikoyasi” mavzusida respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

     Koʻrik-tanlovning maktab, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning mart-may oylarida oʻtkazilib, unda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 3 mingdan ortiq 9-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Namangan viloyati “Bolalar kutubxonasi”da oʻtkazilib, bellashuvda jami 28 nafar oʻquvchi qatnashdi.

Batafsil...

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika