Бош саҳифа

"Ta’lim-tarbiyaning ilk bosqichida" mavzusidagi intervyu

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov “Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni xam jismoniy ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi” - degan so‘zlari maktabgacha ta’lim muassasalari va xodimlari uchun eng yaxshi dasturilamaldir.

Bolaning ilk yoshidan balki ona qornidanoq tarbiyalash, parvarishlar haqida buyuk zotlar juda ko‘p ma’nilik so‘zlarni meros qoldirganlar. Xalq pedagogikasiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan Abdulla Avloniy “Bolaning sog‘ligi va saodati uchun-yaxshi tarbiya qilmak,tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan asrab o‘stirmakdir”-degan so‘zlari aynan maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablarga mos keladi

Jaloddin Rumiy “Inson dastlab ushoqqina, zaif bo‘ladi, biroq shu zaif uchqunni parvarish etsang, gurkirab olamni yoritadi”-kabi maktabgacha ta’limga oid purma’no fikrlarni aytib o‘tganlar.

Bola ongli mavjudotdir, bola ongini shartli ravishda ikki katta qismga bo‘linadi, bolaning ruhiy olami, bolaning fikriy, ya’ni tafakkur olami.Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi esa ularga tayangan holda ta’lim-tarbiya berish va sog‘ligini mustahkamlashi shart, shuning uchun mazkur maqsadni dasturulamal qilgan holda viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida qator rejali ishlarga ijodiy yondoshib tashkil etishga erishilmoqda.

Viloyatda jami maktabgacha ta’lim muassasalari 578 ta bo‘lib, shundan 467 ta asosiy maktabgacha ta’lim muassasalari, 111 tasi filial muassasalarni tashkil etadi.

Xozirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 467 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, 1 ta turli tashkilotlarga qarashli, 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, ularda 2398 ta guruxda 50532 nafar bolalar ta’lim tarbiya olmoqdalar, bu ko‘rsatgich xududdagi 227 170 nafar 2-7 yoshli bolalarni kamrab olishga nisbatan 22,2 % ni tashkil etadi.

Viloyatda xozirgi kunda 22 ta Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarni 21 ta ko‘p tarmoqli davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi maqomiga ega bo‘lib, 188 ta guruhda 1941 nafar turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun, 1 tasi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib 6 ta guruxda 72 nafar bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga sog‘lomlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim tarbiya berishda 467 nafar mudira, 91 nafar uslubchi, 3508 nafar tarbiyachi, 69 nafar logoped o‘qituvchilar, 99 nafar defektologlar, 500 nafar musiqa rahbarlari, 139 nafar psixolog, 106 nafar jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, 14 nafar rus tiliga o‘rgatuvchi, 11 nafar xorijiy tilga o‘rgatuvchi pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Viloyatdagi mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy Dastur”i, ”Bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Bolajon” dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya xamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bilan birga quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida ish tashkillangan, ular quyidagilardan iborat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 225-son Qarori;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 22 noyabrdagi “Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida bo‘lishlari uchun ota-onalardan olinadigan haq miqdorlari to‘g‘risida”gi 441-son Qarori;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 52-son Qarori;
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 1997 yil 23 yanvardagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1997 yil 17 fevralda 306-son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2006 yil 18 yanvarda 1541-son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2007 yil 28 noyabrdagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 297-son Buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2007 yil 26 dekabrda 1753-son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Maktabgacha ta’lim muaassasalaridagi jajji farzandlarimizning baxtiyorligining o‘ndan to‘qqiz ulushi ularning sog‘ligiga bog‘liq bo‘lsa eng ko‘p ulushi ularning sog‘lom ovqatlantirish bilan bog‘liq. Shuni ko‘zda tutilgan Xukumat qarorlari asosida ko‘plab ijobiy ishlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 20 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 14 sentyabrdagi “Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 214-sonli buyrug‘i, xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati yig‘ilishining 2011 yil 17 oktyabrdagi 27-sonli bayoni xamda Namangan viloyati Xokimi xuzuridagi 2012 yil 6 iyunda o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2012 yil 7 iyunda 115-sonli buyrug‘i qabul qilinib, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirildi.

Bolalarni ovqatlantirishda ularda 24 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash, bolajonlarga maktabgacha ta’lim muassasalarida oshpazlar tomonidan mazali va to‘yimli taomlar tayyorlash, ularning xilma-xil bo‘lishiga erishish, bolalar uchun turli sharbatlar, salatlarni xar kuni muassasaning o‘zida tayyorlab bolalarga berish kabi ishlarni yanada takomillashtirishni nazorat etish uchun xar bir muassasaning o‘zida ovqatlantirish sifatini nazorat etuvchi guruxlar tashkil etildi. Natijada aksariyat muassasalarda bu ishlar yuqori darajaga ko‘tarildi.

Mazkur mavzuda o‘tkazilgan seminar-treninglar natijasida esa mudira, xamshira, xo‘jalik mudirlari va oshpazlarning ham nazariy, ham amaliy tomondan bilimlari va malakalari oshdi.

Shunday seminar-trening To‘raqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 21-sonli ko‘p tarmoqli davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etib o‘tkazildi.

Seminar-trening davomida boshqa tumanlardan taklif etilgan mudiralar, hamshira va xo‘jalik mudirlari o‘z yo‘nalishlari asosida tashkil etilgan ishlar, ovqatlantirish sifati, taomlarni tayyorlash mexanizmlari shuningdek bolalarga yedirilishi kabi ibratli ishlarni o‘rgandilar.Seminarning trening qismida ko‘rsatilgan ishlar, qaror mazmuni va oldimizda turgan vazifalarni savol-javob va qiziqarli psixologik o‘yinlar orqali mustaxkamlandi.

Bunday seminar-treninglar har-bir tumanda tashkil etib o‘tkazildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolajonlarga yoz mavsumida aloxida ish reja asosida ish tashkil etiladi.Muasasaning yillik ish reja asosida xar-bir yosh guruxlarda o‘z guruxlaridagi bolalar yoshlariga,imkoniyatlari va sharoitlarga moslab ish rejalari tuzib,may oyida tasdiqlanadi.

Ish rejalarda bolalarni yoz mavsumida to‘g‘ri, sifatli va to‘yimli ovqatlantirish, bolalarni xar tomonlama sog‘lomlashtirish,chiniqtirish ishlarini tashkil etish,yoz davomida bolalar bilan ma’naviy-madaniy,sport,sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish ko‘zda tutiladi.

Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida yoz mavsumida “Suv bayrami”, “Sport bayrami”, “Jajji gimnastikachilar”,”Oilamiz sportchilari”,”Sog‘lomjon-polvonjon”, “Kichik futbol”, “Jajji shaxmatchilar” kabi ko‘plab sport tadbirlari va musobaqalari tashkil etib o‘tkazilib kelinmoqda. Ayniqsa bolalarni suv,quyosh,qum kabi tabiat orqali chiniqtirish ishlari xamshira va muassasa bolalar xakimlari nazoratida muntazam chiniqtirib boriladi.

Maxsus maktabgacha ta’lim muasasalarida xam mazkur ishlar bolalarning kasallik darajasi va imkoniyatlarini xisobga olib tashkil etilmoqda. Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida xarakat tayanch a’zolarida nuqsoni bor bo‘lgan, aqliy rivojlanishida imkoniyati cheklangan,nutqida,eshitishida,ko‘rishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarning aloxida ta’lim-tarbiyaviy xamda sog‘lomlashtirish rejalari bo‘yicha ko‘plab bolalarni soog‘lom bolalar qatoriga qo‘shilmoqda jumladan 2013-2014 o‘quv yili ning 6 oyligi davomida sog‘lomlashtirish rejasi quyidagicha amalga oshirildi:

Maktabgacha ta’lim muassaslariga bolalarni qabul qilishda qabul komissiyalarini faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida Chust tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 53-sonli sanator tipidagi maktabgacha ta’lim muassasasida “Muassasaga bolalarni qabul qilish va sog‘lomlashtirish ” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi. Seminarda muassasadagi bolalarni qabul qilish tartibi hamda sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlari tajribasi ko‘rsatildi.Mazkur mazmundagi ishlar qabul qilingan xujjatlar asosida trening tashkil etilib mutaxassislarni nazariy va amaliy tajribalari oshirildi.Xodimlarning kasbiy maxoratlarini oshirish maqsadida aloxida sahna ko‘rinishlar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yil 7 fevral kuni To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tili to‘garaklari faoliyati” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili saboqlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali vositalarni zamonaviylik yordamida, texnika vositalaridan foydalanib tashkil etish.Bolalarni yoshlariga va imkoniyatlariga mos to‘garak mashg‘ulotlarini qiziqarli tarzda o‘tkazishni turli yosh guruxlarda ko‘rsatib berildi.

2014 yil 20 fevral viloyat madaniyat va sport boshqarmasi bilan xamkorlikda iqtidorli, istedodli bolalarni aniqlash maqsadida “Jajji iste’dodlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.Bu tanlovni o‘tkazishdan maqsad bolalarni yoshligidan musiqaga, san’atga oshno qilish,o‘z qo‘shiq va kuylarida obod yurtni madx etish, vatanga, ota-onaga sadoqat ruxini singdirish kabilar singdirishdan iborat.

Viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlab “Sog‘lomjon-polvonjon” sport musobaqasi 4-bosqichda tashkil etib,o‘tkazildi.

“Sog‘lom bola yili” munosabati bilan xamda viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini obodonlashtirish shuningdek “Muassasamizni gullar va ertaklar maskaniga aylantiraylik” shiori ostida “Eng obod maktabgacha ta’lim muassasasi ” tanlovi 3 bosqichda tashkil etildi.Mazkur tanlovni tashkil etilishi va o‘tkazilishi munosabati bilan muassasalar chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi,o‘yin maydonlariga turli ertak qaxramonlari xaykalchalari o‘rnatilib, ko‘plab ko‘rgazmalar, o‘yinchoqlar yaratildi.

Tanlov ko‘rsatkichlarini barcha shartlari bo‘yicha Namangan shaxridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 1-o‘rinni, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli ko‘p tarmoqli davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasi 2-o‘rinni, Uychi tumanidagi 1-sonli muassasasi 3-o‘rinni egalladilar.

2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-2133-son qarori qabul qilindi. Ushbu Davlat dasturining 106-bandini ijrosi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi (3-6 yosh) qiz bolalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini erta boshlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini: orastalik, sarishtalik, mehnatsevarlik, ibo-hayo, to‘g‘ri so‘zlilik kabi go‘zal fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan “Zumradoylar davrasi” to‘garagini tashkil etish belgilangan edi. Ushbu dasturni bajarish maqsadida barcha MTMlarda “Zumradoylar davrasi” to‘garaklari o‘z faoliyatlarini boshladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi kelishuviga ko‘ra 2014 yil 28 martdagi 20-sonli, 11/17 sonli qo‘shma qarorlariga muvofiq viloyatdagi yosh tarbiyachilar o‘rtasida “Yilning eng yosh tarbiyachisi” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda Pop tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 5-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Qurbonalieva Gulyora 1-o‘rini egalladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy texnika bazasini takomillashtirish, ularni zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlash maqsadida 2014 yil mahalliy byudjetdan 530,0 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuningdek, 2014 yil mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan viloyatdagi 70 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash uchun 3 mlrd. 545 mln. so‘m, 43 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy ta’minlash maqsadida 648,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

“Sog‘lom bola yili” davlat dasturidagi “Sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishga, qulay tashkiliy va huquqiy sharoitlarni yaratilishiga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi nizom va me’yorlarni ishlab chiqish” bo‘limining 66, 67, 68 bandlari ijrosini ta’minlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shuningdek kapital ta’mirdan chiqarish, jihozlash, shu bilan birga bolalar qamrovi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarda qamrovni ko‘tarish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Viloyat hokimligi va xalq ta’limi boshqarmasi bilan xamkorlikda bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish qamrovi past bo‘lgan tuman (shahar)larda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiklandi.

2014 yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 66-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini pasportlari tayyorlanib, umumlashtirildi.

Maktabgacha ta’lim tizimi Davlat talablari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash, qayta tayyorlash malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini holati yaxshilash, maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash hamda zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanish yuzasidan “2015-2020 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish” bo‘yicha tegishli loyihalar tayyorlanib, Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarni intellekti, mantiqiy fikrlashi barvaqt rivojlanishiga ko‘maklashuvchi va harakatlanishini rivojlantiruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, mantiqiy o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash maqsadida 467 ta maktabgacha ta’lim muassasasidagi 363 ta tayyorlov guruhlarini manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib Xalq ta’limi vazirligiga yetkazildi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga to‘liq tayyorlash maksadida viloyatdagi 467 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining 125 tasida qisqa muddatli guruhlar tashkil etish bo‘yicha guruhlar ta’mirlanib, jixozlash ishlari olib borilmoqda. Tashkil etiladigan qisqa muddatli guruhlarga yaqin kelajakda 3125 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olish rejalashtirilmoqda

Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini kasb-mahoratini oshirish borasidagi ishlarni alohida dastur asosida olib borilmoqda, buning natijasida 6 oylik yakuni bo‘yicha 130 % malaka oshirish rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida rejali malaka oshirishdan tashqari turli mavzularda o‘quvlar, seminarlar, trening va savol-javob, debat va uchrashuvlar tashkil etib o‘tkazilmoqda.

Eng samarali ishlardan biri maktabgacha ta’lim xodimlari orasida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish bo‘ldi. Bu ishni o‘z muassasasida namunali tashkil etgan To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 21-sonli ko‘p tarmoqli davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi S.Axmedovaning tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.

Uning to‘plagan boy tajribasini tuman miqyosidagi seminarda o‘rganilib 2014 yil 20 martdagi 1/3 sonli, viloyat miqyosida 2014 yil 27 mart kuni nazariy–amaliy seminar Z.Najmiddinova boshchiligida tashkil etilib, o‘tkazildi. Seminar-treningda muassasada hozirgi davrda 2 bosqichli utoz-shogirdlar faoliyati bilan tanishtirildi. Birinchi bosqichda bir nafar tajribali ustozga 3-nafar kam tajribali shogirdar biriktirilib, 2012-2013 o‘quv yilida faoliyat yuritishlari natijasida ularni maktabgacha ta’limga oid bilimlari, malaka va kasb-mahoratlari oshgan, faoliyat samaradorligi xam 2 barobarga ko‘tarilgan, bolalar bilim darajalari davlat talablari darajasidan yuqori ko‘rsatkichga o‘sganligi natijasida 2013-2014 o‘quv yilida esa ustoz-shogird maktabining ikkinchi bosqichi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Unda birinchi bosqichda faoliyat yuritgan birinchi shogird ustoz darajasiga ko‘tarilib unga ham 3 nafar kam tajribali tarbiyachi biriktirilgan. Ularning faoliyati davomida amalga oshiradigan ishlari rejalashtirilgan, o‘quv-rejadagi ishlarni bajarish monitoringi olib borilgan.Xar-bir ustoz-shogirdning xisobotlari pedagogik kengashda ko‘rib borilib, o‘rinlar belgilangan, eng yaxshi ochiq mashg‘ulot tashkil etganlar rag‘batlantirilgan.Seminarda shu kabi ishlarni ochiq mashg‘ulot tarzida ko‘rsatib berildi. Mudira slayd orqali tarbiyachilarni ustoz-shogird tizimida 144 ta mashg‘ulot va mashg‘ulotlarni tahlillarini o‘tkazish, mustaqil bilimlarini oshirish, Prezident asarlarini o‘rganish, ma’naviy va siyosiy bilimlarini oshirishdan iborat mavzularda uzluksiz malaka oshirishlari tajribasini tizimli tarzda slaydlar orqali sharxlab ko‘rsatib berdi.Seminar muvaffaqiyatli tarzda namoyish etilgani barcha mutaxassislarga ish yo‘nalishi ma’qul bo‘lgani uchun muassasa mudirasi S.Axmedovaning ishi ma’qullandi.

Shuning uchun Namangan viloyati xokimligining xalq ta’limi boshqarmasi xuzuridagi metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat kengashi yig‘ilishining 2014 yil 6 maydagi 5/1-sonli qarori bilan viloyat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida ommalashtirildi mazkur qaror bo‘yicha Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilib kitob shaklida Respublika maktabgacha ta’lim xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv-metodika markaziga tegishli xujjatlar bilan topshirildi.Xujjatlar ijobiy fikrlar bilan kurib chiqib iyul oyida Respublika miqyosida ommalashtirish rejasiga kiritildi.

Viloyatdagi aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida izlanish, ishga ijodiy yondoshish,kelajagimiz bo‘lgan bolajonlarga davlat talablari darajasida ta’lim-tarbiya berish,sog‘lomlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishdek fidoyilik,bolalarga cheksiz mexr-muxabbat, xodimlar imkoniyatlarini asosiy ishlarga yo‘naltirishdek yuksak raxbarlik saloxiyatlari bor-ki bundan faqat quvonamiz,faxrlanamiz.

Ular amalga oshirayotgan ishlar albatta Yurt ravnaqi, xalq farovonligi, vatan mustaqilligini mustaxkamlashga, ota-onalar, keng jamoatchilik, maxalla axli oldida maktabgacha ta’lim obro‘sini ko‘tarishga, ishonchini oqlashga xizmat qilayotganidan quvonamiz.

Shunday fidoyiliklar bilan ishlayotgan muassasalardan Namangan shaxridagi 1, 6, 34-sonli, To‘raqo‘rg‘on tumanidan 21, 18, 2-sonli,Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli,Uchqo‘rg‘on tumanidan 12-sonli,Norin tumanidan 10-sonli, Uychi tumanidan 1, 2-sonli, Pop tumanidan 5, 3-sonli, Chortoq tumanidan 1-sonli, Chust tumanidan 39, 34-sonli, Mingbuloq tumanidan 4-sonli maktabgacha ta’lim muassaslari barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng samarali ish tashkil etib, “Bolajon” dasturi talablari darajasida namunali ishlar tashkil etilmoqda.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi Z.Najmiddinova, shaxar, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari metodistlari va har-bir tumandan tanlab olingan kuchli mudiralardan va mutaxassislardan iborat viloyat shtabi a’zolari “Sog‘lom bola” yili Davlat dasturini amalga oshirish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy Dastur”i,” ”Bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Bolajon” dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya xamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish xamda viloyatda maktabgacha ta’lim sifat-samaradorligini oshirish borasida juda ko‘p targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Ular faoliyati davomida eng na’munali muassasalar bazasida seminar-treninglar tashkil etish va ommalashtirish, kam tajribali mudiralarga nazariy-amaliy ko‘mak berish,ularni kasb-maxoratlarini oshirish,kabi ishlarni asosiy ishlar rejasiga kiritib ishlamoqdalar.

Ayniqsa davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalar faoliyatiga ko‘maklashuvchi shtabning mutaxxassislar guruxi ish samaradorligini oshirishga yaqindan yordam bermoqdalar.

Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash malakasini oshirish instituti 2014 yil rejasiga asosan 813soat dars mashgulotlari o‘tildi.

Ilmiy-uslubiy ishlar:

Rejaga asosan maktabgacha ta’lim buyicha o‘kuv majmua buyicha majmua yaratildi. O‘kuv reja dastur va ma’ruza matnlarini qayta ko‘rib chiqildi. 3 yillik istiqbol reja tuzildi. Testlar banki, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, Malaka ijodiy ishlarining mavzulari bankini kengaytirib, boyitildi.

MTM tarbiyachilari uchun metodik xizmat yuzasidan elektron dars mashg‘ulotlari uchun slaydlar yaratildi.

2014 yil 12-15 iyun kunlari “Unisef” tomonidan tashkil etilgan “Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi” doirasida “Bilimdon” qisqa muddatli guruhlar uchun trenerlar seminarida NVPKQTMOI maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Zamira Rasulova ishtirok etib qaytdi, u o‘z oldiga kelgusida maxsus kurslarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni rejalashtirdi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

Maktabgacha ta’lim jurnalining 2014 yil 3-sonida “Mantiqiy o‘yinlar aqliy quvvat” mavzuida maqola chop etildi. 2014 yil 15 may kuni NVPKQTMOIda “Ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘lom bolani shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari” mavzuida o‘tkazilgan anjumanda “Sog‘lom bolani tarbiyalashda badiiy adabiyot bilan tanishtirishning ahamiyati” mazuida maqola bilan ishtirok etildi. Xalq ta’limi jurnaliga “Maktabgacha ta’lim muassasalari va oila bilan hamkorlik”, A.Avloniy nomidagi MOMI ga “Mustaqillik yillarida qayta tayyorlash malaka oshirish tizimini takomillashtirish: erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar” mavzuida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanga “Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish”, Maktabgacha ta’lim jurnaliga “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” mavzularida ilmiy maqolalar yuborildi.

Namangan Davlat Universiteti “”Musiqiy ta’lim“ kafedrasi tomonidan A. Navoiy ijodida o‘qituvchilarning ulug‘lanishi” mavzuida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda maqola, 2014-yilJizzax VPKQTMOI “Sog‘lom bola – jamiyatning mustahkam poydevori” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda integratsiyalashgan ta’limning ahamiyati” mavzusida, 2014-yil 27-may kuni Namangan Davlat Universitetida “Madaniyatlararo va ilmiy-texnik aloqalarda tarjimaning o‘rni hamda roli” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamida “Maktabgacha ta’lim jarayoniga integrativ yondoshuv” O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiy-amaliy konferentsiyasida “Psixologik xizmat samaradorligini oshirishda malaka oshirish tizimining vazifalari” mavzusida maqolalar bilan ishtirok etildi.

Tashkiliy-uslubiy ishlar:

Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash malakasini oshirish inistitutda MTM tarbiyachilari kursi tinglovchilari kursi uchun ajratilgan 1 ta o‘kuv xonasi hamda labaratoriya xonasini ta’mirlab, qayta jihozlandi. Namangan shaxar 24, 39 MTM larda “Zamonaviy pedagogik texnologiya”, “Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim” asosida no’ananaviy o‘yin mashg‘ulotlarini kuzatilib, tahlil qilindi. Kurslarda o‘qib, hozirda ish faoliyatini davom ettirayotgan tarbiyachilarning kursdan keyingi faoliyatlari o‘rganilib tahlil qilindi va yig‘ma jildlar tayyorlandi.

2014 yil 12 may kuni Mingbuloq tumanida “Sog‘lom bolani rivojlantirishda MTM larning ro‘li” mavzuida seminar o‘tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar:

2014 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi bastakorlar uyushmasi a’zosi M.Dadabaev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. 21 fevral kuni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tasarrufidagi kurslar o‘rtasida Muxammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Sheriyat gulshani” ko‘rik tanlovida MTM tarbiyachisi S.Qodirova ishtirok etib birinchi o‘rinni egalladi. 27 fevral kuni “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlab kurs tinglovchilari o‘rtasida “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” mavzuida tadbir tashkil etildi.

2014 yil 26 mart kuni Farg‘ona VPKQTMOI musiqa o‘qituvchisi S.Turg‘unova, O‘zbekiston Respublikasi bastakorlar uyushmasi a’zosi M.Dadaboev, Namangan Davlat Universiteti musiqa kafedrasi mudiri Q.Raxmatovlar bilan hamkorlikda “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlab ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. 27 mart kuni kurs tinglovchilari o‘rtasida “Sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak” mavzuida tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligiga bag‘ishlab “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. “Vatan aziz jasorat mangu” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 8-mart xotin qizlar kuni munosabati bilan “Ayol bilan olam munavvar” mavzusida tadbir, “Ezgulikka oshno qadriyat”, Navro‘z – umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Assalom Navro‘zi olam” nomli tadbir tashkil etildi.

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika